VEON kompaniyasining Direktorlar kengashi ilk marotaba Toshkentda yig‘ilishadi

Jamiyat 16:00 / 07.10.2022 9582

10-13 oktyabr kunlari Toshkentda Beeline Uzbekistan tarkibiga kiruvchi VEON telekommunikatsiya xoldingi Direktorlar kengashining strategik yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi. Kompaniyalar guruhida har yili o‘tkaziladigan tadbir ilk bor O‘zbekiston poytaxtida bo‘lib o‘tadi. Tashrif davomida eng muhim biznes masalalari muhokama qilinadi, jumladan, respublika rahbariyati bilan ham muhim uchrashuvlar bo‘lib o‘tadi. Sessiyada Bangladesh, Pokiston, Qozog‘iston va Qirg‘izistondan Beeline Uzbekistan'ning rivojlantirish bo‘yicha ilg‘or tajribalar bilan qiziquvchi VEON guruhining operatsion kompaniyalari bosh direktorlari ishtirok etadilar.

Yillik tadbirni VEON Direktorlar kengashining raisi Gunnar Xolt olib boradi. Shuningdek, uchrashuv ishtirokchilari orasida tadbirkorlar, yirik kompaniyalar rahbarlari va jahon miqyosidagi ekspertlar ham bor:

Xans-Xolger Albrext, 1,4 milliard dollarlik Deezer kompaniyasining bosh direktori;

Ogi Fabela, VEON GROUP asoschilaridan biri va FastForward.ai, global innovatsiyalar yetakchisi va №1 besseller bo‘lgan “Sabrsizlik iqtisodiyoti” kitobining muallifi;

Andrey Gusev, Letter One Technology boshqaruvchi direktori; kompaniyaning bozor qiymati 26,5 milliard dollarni tashkil etadi;

Irina Shvakman, kapitallashuvi 3 milliard yevrodan ortiq bo‘lgan Revo Technologies kompaniyasining asoschisi va raisi;

Karen Linexan, Sanofi yetakchi xalqaro sog‘liqni saqlash kompaniyasi yuridik lavozimlarida 30 yildan ortiq tajriba;

Mixel Soting, KPMG yetakchi auditorlik firmasida 30 yildan ortiq faoliyat yuritgan;

Morten Lundal, Maxis Bhd 40 milliard dollar va Digi.Com Maxis Bhd (29 milliard dollar) bosh direktori sifatida tajribaga ega;

Sten Miller, Bozor qiymati 100 million dollarni tashkil etuvchi AIH SA bosh direktori, Leaderman SArL bosh direktori;

Vasiliy Sidorov, asosiy venchur investori, Rossiya, kontinental Yevropa, AQShda xususiy kapital va xususiy investor; bir necha bor Rossiyaning eng boy tadbirkorlari ro‘yxatiga kiritilgan;

Yaroslav Glazunov, Korn Ferry Russia&CIS konsalting kompaniyasi bosh direktori, kapitallashuvi 3,2 milliard dollar.

“Respublikamizda strategik uchrashuvning o‘tkazilishi VEON investitsiyaviyrejalari jiddiyligi va O‘zbekistonning zamonaviy iqtisodiyotdagi o‘rni muhimligining yana bir tasdig‘idir. Mamlakatga tashrif VEON rahbariyatiga O‘zbekistondagi rivojlanish rejalarini tuzatish, davlat idoralari bilan aloqalarni mustahkamlash va yangi qo‘shma loyihalarni muhokama qilish imkonini beradi. Ishonchim komilki, VEON Group va ayniqsa Beeline Uzbekistan ning mamlakat iqtisodiyotini raqamlashtirish jarayonida ishtiroki yanada kengayadi”, — deya voqeanisharhladi Beeline Uzbekistan Bosh direktori Andjyey Malinovski.

***

Unitel MChJ 2006 yilning 12 sentabrdan boshlab Beeline Uzbekistan savdo belgisi ostida xizmatlar ko‘rsatib kelmoqda. Beeline Uzbekistan bosh qarorgohi Amsterdam (Niderlandiya) shahrida joylashgan VEON xalqaro telekommunikatsiya xoldingi tarkibiga kiradi.

VEON 8 mamlakatda 220 milliondan ortiq obunachiga ega global telekommunikatsiya va internet xizmatlarini provayderi. Uning aksiyalari NASDAQ va Euronext Amsterdam fond bozorlarida joylashgan.

Beeline Uzbekistan'da 1.6 mingga yaqin xodim ishlaydi. 2006 yildan buyon O‘zbekiston bozoriga kirishi bilan VEON mamlakat telekommunikatsiya sohasiga 1.2 milliard AQSh dollaridan ortiq sarmoya kiritdi. Beeline SB'ning O‘zbekistondagi faoliyati davomida 1.8 milliard dollardan ortiq soliq to‘langan.

Sayt: beeline.uz 

Facebook: fb.com/beeline.uz 

Instagram: @beeline_uzbekistan

Telegram: t.me/beelineuzbekistan

Twitter: twitter.com/beeline_uz

LinkedIn: linkedin.com/company/beeline-uzbekistan/

Reklama huquqi asosida

Ko‘proq yangiliklar: