“Ikki kun uyda bo‘lsam, to‘rt kun shifoxonadaman” – yashash ishtiyoqidagi yigit iztiroblari

Jamiyat 14:58 / 05.10.2022 12702

Samarqandlik bu oilaning g‘ami cheksiz. Yetti farzandning uchinchisi, bir qizaloqning otasi Mirkomil og‘ir dard — jigar sirroziga chalingan.

“Bu shunday dard ekanki, odamni yiqitmaydi ham, tik ham qilmaydi, sudraydi. Ikki yildan beri ikki kun uyda bo‘lsam, to‘rt kun shifoxonadaman. Vaqti kelsa qo‘limni ham ko‘tarolmay qolaman”, deydi Mirkomil Xursandov.

Ikki yildan beri o‘tkazilayotgan tinimsiz muolajalar endi naf bermayotgani bois unga jigar ko‘chirish operatsiyasi zarur. Mirkomilga ukasi donorlik qilib uning hayotini saqlab qolmoqchi. Lekin operatsiya uchun ketadigan katta miqdordagi mablag‘ni topish o‘rtahol oila uchun muammoga aylangan.

 “Qizalog‘imni o‘ylayman. Endi to‘rt yashar bo‘ldi. Ayni otasining oldiga yugurib chiqadigan davri. Dadajon, deb atrofimda parvona, ko‘rmasa turolmaydi. Shu qizim uchun ham yashashim kerak. So‘nggi vaqtlarda xotiram yomonlashganini sezyapman, ba’zida hech narsani eslolmay qolaman.

Inson bir jonini berib qutuladi, lekin uning ortida qolganlarga qiyin bo‘ladi”,- deydi Mirkomil umid va o‘kinch bilan. Uning titrayotgan ovozidan bu gaplarni aytish naqadar og‘ir bo‘layotganini sezish qiyin emas.

Bemorning onasi Oybanot opa shu farzandini davolatish uchun bor-budini sotishga majbur bo‘lishgani, yashab turgan uylaridan bo‘lak hech narsa qolmaganini ko‘zlarida yosh bilan gapiradi.

Ming istihola bilan kelgan bemor va uning onasi yaxshilar ko‘magidan umidvor. Imkoningiz bo‘lsa bir oilaga tashvishlarini aritishda yordam bering.

Mirkomil Xursandovga oid ma’lumotlar:

O‘zkard: 8600 0609 3226 6605 turmush o‘rtog‘i Latofat Xo‘jamurodova nomida

Humo: 9860 0303 2778 1271 ukasi Murtazo Ismoilov nomida

Manzil: Samarqand viloyati, Urgut tumani, G‘ijduvon mahallasi.

Ko‘proq yangiliklar: