AOKAda Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi raisi birinchi o‘rinbosari Ozoda Parpiboyeva, IIV HPX boshlig‘i o‘rinbosari Umida Abdullayeva, Bosh prokuratura bo‘lim boshlig‘i O‘ktam O‘tayev, Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash vazirligi boshqarma boshlig‘i Islomiddin Xoliqov ishtirokida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.
Unda qayd etilishicha, ushbu tazyiq va zo‘ravonlik holatlarining 27 mingdan ortig‘i — oilada, 3 mingdan ortig‘i — ko‘chada, 1 mingdan ortig‘i — jamoat joyida, 81 tasi — ta’lim muassasasida, 429 tasi — ish joyida sodir etilgan.
Jismoniy zo‘ravonlik — 9155 ta, jinsiy zo‘ravonlik — 68 ta, iqtisodiy zo‘ravonlik — 340 ta, ruhiy zo‘ravonlik — 18 mingdan ortiq, tazyiq — 6 mingdan ortiq.
Farg‘onada — 2520 nafar, Xorazmda — 1501 nafar; Andijon, Samarqand, Qashqadaryo, Navoiyda esa tazyiq va zo‘ravonlik holati kamaygani aniqlandi.
Himoya orderi berish natijasida 16 mingdan ortiq oila yarashtirilgan, 14 mingdan ortiq nizo bartaraf etilgan, rasmiylashtirilgan 2862 ta himoya orderi natijasida ma’muriy / jinoiy javobgarlik belgilanib, xotin-qizlarning buzilgan huquqlari tiklangan.
Xotin-qizlarga nisbatan zo‘ravonlik holatlarining oldini olish hamda ijtimoiy reabilitatsiya ishlarini muvofiqlashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi 6 ta qarori, 4 ta qonun loyihasiga asoslantirilgan takliflar kiritilgan. 8 ta vazirlik va idoralar bilan oilalarni mustahkamlash va xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan chora-tadbirlarni tashkil etish bo‘yicha 2022 yil iyul-dekabr oylariga mo‘ljallangan hamkorlik dasturiga oid qo‘shma qaror qabul qilingan va ijrosi nazoratga olingan.
9 ta vazirlik va idoralar bilan birgalikda xorijiy davlatlarga uzoq muddatga chiqib ketgan shaxslar, voyaga yetmaganlar orasida salbiy holatlar barvaqt oldini olish, profilaktik hisobda turgan xotin-qizlar bilan manzilli ishlash bo‘yicha hamkorlikdagi chora-tadbirlar dasturi ishlab chiqilib, ijroga yo‘naltirilgan.