Bosh prokuratura fuqaroning 30 ming dollar mablag‘i firibgarlik bilan o‘zlashtirilgan holat haqida ma’lumot berdi.
«Yunusobod tuman hokimligi uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish va obodonlashtirish masalalari bo‘yicha bo‘lim sobiq boshlig‘i ikki nafar jinoiy sherigi bilan bir fuqaroga avtosalondan yangi Malibu rusumli avtomashinani olib berishni va’da qilib, evaziga 30 ming AQSh dollari miqdoridagi pullarni qo‘lga kiritishgan va o‘zlarining ehtiyojlariga sarflab yuborishgan», deyiladi xabarda.
Mazkur holat yuzasidan Yunusobod tuman prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi «a» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Jinoyat ishi doirasida 2 nafar shaxsga nisbatan «qamoqqa olish» ehtiyot chorasi qo‘llangan. 1 nafari esa tergovdan yashiringani sababli qidiruv e’lon qilingan.
Tergov harakatlari olib borilmoqda.