Samarqandda to‘yda yo‘qolib qolgan bolaning jasadi to‘yxona yaqinidagi quduqdan topildi

Jamiyat 14:57 / 01.10.2022 50444

Samarqand viloyati IIB axborot xizmatining xabar berishicha, 26 sentabr kuni Urgut tumani prokuraturasiga tumanning Xo‘jayduq mahallasida yashovchi fuqaro ariza bilan murojaat qilgan.

Fuqaro o‘z arizasida 2022 yil 25 senyabr kuni soat 16:00 larda Urgut tumani «Etakbeshkapa» MFYda joylashgan to‘yxonaga 2018 yilda tug‘ilgan nabirasi bilan borgani va biroz vaqtdan so‘ng nabirasi yo‘qolib qolganini aytib, uni topishda amaliy yordam so‘ragan.

Arizaga asosan viloyat prokuraturasi, viloyat IIB, tuman huquqni muhofaza qiluvchi organlari, Milliy gvardiya hamda keng jamoatchilik tomonidan birgalikda qidiruv tadbirlari amalga oshirilgan.

Qidiruv davomida 2022 yil 30 sentabr kuni profilaktika inspektori tomonidan to‘yxona atrofidagi ichimlik suvi qazib olish uchun mo‘ljallangan 8 metrlik quduq ichidan bolaning jasadi topilgan.

Qayd etilishicha, hozirda holat yuzasidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Avvalroq, Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumanida artezian quduqda 20 soat qolib ketgan 6 yoshli bola qutqarilgandi.

Ko‘proq yangiliklar: