Bolam otasini so‘raydi – otasi unga pul topish uchun kelolmaydi
Samarqanddan kelib bolasini davolatayotgan ona boshiga tushmaguncha bu kasallik dahshatini his qilmaganini aytadi.
“O‘shanda uch oylik xomilador edim. O‘ziga biron kor-hol bo‘lmasin deb mendan yashirishga harakat qilishdi. Yaxshi-yaxshi deyishadi. Lekin tinimsiz yig‘lashardi. Yaxshi bo‘lsa nega yig‘laysizlar, bolamning ahvoli nega yaxshilanmayapti, deyman. Bu kasallik haqida tushuncham ham yo‘q edi. Otasi pul topish uchun uyga ham kelmay yollanma ishlarda ishlab yuribdilar. Bolam otasini yetti oy mobaynida ikki martagina ko‘rdi, otasini so‘rab yig‘laydi”, deydi ayol o‘kinch bilan.
Sardor Ibragimovga oid ma’lumotlar:
O‘zkard: 8600 0610 4067 1587 qarindoshi Gulnoza Aliqulova nomida
Humo: 9860 1801 0745 2443 qarindoshi Qodir Boboqulov nomida
Manzil: Samarqand viloyati, Urgut tumani, Chumchuqli mahallasi.
Shifokorning xonasi ikki qadam, lekin yetolmayman
Shodiya endigina 4 yoshga kirdi. Lekin uning mitti jussasi ko‘tarayotgan dardni ota-onasini ko‘tarishi qiyin bo‘lyapti:
“Oqqon deb tashxis qo‘yishdi. Shifokorning xonasi ikki qadam, qani yetolsam. Birinchi marta yurak og‘rig‘ini his qildim. Qizimni shunday asrardim, doim qo‘rquvda yashardim, biron narsa bo‘lib qolmasin, deb. Ishonasizmi, bir kechada turmush o‘rtog‘imning sochi oqarib ketdi. Birinchi marta erkak kishining yig‘laganini ko‘rdim. Olti oydan beri bir kun ham to‘xtatmasdan farzandimizga shifo tilab ro‘za tutadi.
Shu vaqtgacha qarindoshlarimiz yordam berishdi. O‘zimizning yiqqanimizni sarfladik. Hozir uyimizni sotuvga qo‘yganmiz”, deydi ayol ko‘z yoshlarini tiyolmasdan.
Shodiya Abdurahmonovaga oid ma’lumotlar:
O‘zkard: 8600 0610 5101 9262 onasi Nilufar Husainova nomida
Manzil: Sirdaryo viloyati, Yangiyer shahri, Temur Malik mahallasi, 7-uy, 11-xonadon.
Ko‘zimni ochgani qo‘rqaman
Ayol kishi uchun farzandining dardini ko‘rish og‘ir. Yolg‘iz ayol uchun ikki karra ko‘proq qiyin. 2018 yildan beri bolasi Sardorning kasali bilan kurashib kelayotgan onaizor ana shunday qiyinchilikni bo‘yniga olgan.
“Ota-onam bilan birga turaman. Qo‘ldan kelguncha yordam berishayapti. Otasi ruhiy kasal. Aliment to‘laydigan ahvolda emas. Ishlay desam ishlolmayman, chunki ko‘p vaqtimiz shifoxonada o‘tadi. Yigirma kundan beri Toshkentda gemotologiyada davolanayapmiz. Gepatit S tashxisini ham qo‘yishdi.
Ertalab tursam og‘zidan qon kelgan bo‘ladi. Ko‘zimni ochishga qo‘rqaman, qon kelgan bo‘lmasin, ilohim deb uyg‘onaman. Shu bolamni shifo topishidan ortiq baxt yo‘q men uchun”, deydi ona ko‘z yoshlarini berkitib.
Izzatillo Ismoilovga oid ma’lumotlar:
O‘zkard: 8600 0424 4437 9969 onasi Ziyoda Ismoilova nomida
Humo: 9860 0803 8377 3670 onasi Ziyoda Ismoilova nomida
Manzil: Farg‘ona viloyati, O‘zbekiston tumani, Dashtcho‘lpon qishlog‘i 103 uy.
Murg‘ak bolalarning bemorligini ko‘rish, unga befarq bo‘lish bizning millatga yot odat. Bugun ham saxovatni maqsad qilganlar e’tiborini go‘daklar taqdiriga qaratmoqchimiz. Ular sog‘lom yashashga loyiq!