Toshkentda Litva faxriy konsulxonasi ochildi

Foto: Dunyo
Toshkent shahrida Litva faxriy konsulxonasi ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda "Dunyo".
Litva tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Mantos Adomenas ta’kidlashicha, faxriy konsulxona ishga tushirilishi o‘zaro hamkorlikni kengaytirish, ta’lim, turizm, madaniyat sohalarida, ikki mamlakat ishbilarmon doiralari vakillari o‘rtasida yaqin aloqalarni mustahkamlash orqali yangi imkoniyatlar ochadi.
U vazirliklararo siyosiy maslahatlashuvlar navbatdagi raundi yakunlari bo‘yicha erishilgan kelishuvlar hayotga samarali tatbiq etilishiga umid bildirdi.
22 sentabr kuni mamlakat Tashqi ishlar vazirligida O‘zbekiston-Litva vazirliklararo siyosiy maslahatlashuvlari navbatdagi raundi bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston va Litva tashqi ishlar vazirlari o‘rinbosarlari G‘ayrat Fozilov va Mantos Adomenas boshchiligidagi delegatsiyalar tomonlarni qiziqtirgan turli sohalardagi ikki tomonlama munosabatlar holati va istiqbollarini muhokama qildi.
Mavzuga oid

10:38 / 07.03.2025
Litva kassetali o‘q-dorilar bo‘yicha konvensiyadan rasman chiqdi

23:30 / 03.03.2025
Litva gurjistonlik 74 nafar amaldorni «qora ro‘yxat»ga kiritdi

12:55 / 01.03.2025
Litvada o‘zbekistonlik fuqaro ikki kishini pichoqlagani rad etildi

13:25 / 18.02.2025