Samarqandda ikki yoshli bolasini kaltaklagan ayolga sud hukmi o‘qildi
Payariq tumanida ikki yoshli bemor farzandini urib ijtimoiy tarmoqlarda shov-shuvga sabab bo‘lgan ayolga sud hukmi o‘qildi.

Videodan kadr
2022 yil 16 iyun kuni ijtimoiy tarmoqlarda shifoxonada ayol ikki yoshli bolasini kaltaklagani tasvirlangan video tarqaldi. Keyinroq mazkur hodisa 2022 yil 14 iyun kuni Payariq tumanidagi shifoxonada sodir bo‘lgani aniqlangan.
Payariq tumani «Boshqo‘rg‘on» MFYda yashovchi, 1988 yilda tug‘ilgan ayol 2020 yilda tug‘ilgan farzandini davolatish uchun shifoxonaga olib borib, u yerda stress va asabiy holatda farzandini urgani ma’lum bo‘lgan.
O‘shanda holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 110-moddasi (Qiynash) 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgandi.
Oliy sud matbuot xizmatining xabar berishicha, Jinoyat ishlari bo‘yicha Payariq tumani sudida ikki yoshli farzandini kaltaklagan ayolga hukm o‘qilgan.
Sudda bolaning buvisi kelinini onalik huquqidan mahrum qilib, nabirasini o‘ziga olib berishlarini so‘ragan. Sud hukmiga ko‘ra, ayolga ikki yil muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinlangan.
Mavzuga oid

15:34 / 18.03.2025
AQShda professor 380 mln yillik toshqoldiqlarning chiqindiga tashlab yuborilishiga sabab bo‘lgan universitetni sudga berdi

10:12 / 18.03.2025
Ovloq va xavfli joy. Antarktidadagi bazada olimlar o‘z hamkasbidan qutqarishni so‘ramoqda

23:57 / 17.03.2025
Akmal Shukurov Qozog‘istonda ushlandi

13:46 / 17.03.2025