Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda tanishini himoya qilishga uringan shaxs kuchli zarbadan so‘ng komaga tushib qoldi
Tungi klub yaqinida bir necha kishi kaltaklanishi holati yuzasidan jinoyat ishi ochilgan. Zo‘ravon qidirilmoqda.

Foto: Videodan kadr
16 martga o‘tar kechasi, tungi soat 02:30 atrofida Toshkent shahri Yakkasaroy tumanida joylashgan restoranlardan birida mushtlashuv sodir bo‘lgan. Videoda bir erkak boshqa fuqaro tomonidan yo‘llangan zarbalardan keyin hushini yo‘qotib yiqilganini ko‘rish mumkin.
Toshkent shahar IIBB ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videolar yuzasidan bergan munosabatida aytilishicha, mijoz sifatida kelgan 30 yoshli Akmal Shukurov o‘zining tanishi, 40 yoshli Xurshid bilan o‘rtada kelib chiqqan nizo sababli o‘zaro janjallashgan. 35 yoshli Boris esa ularni ajratishga harakat qilgan vaqtida Akmal uni urib tan jarohati yetkazgan.
Tarqalgan videolarda 12 (Twelve) nomli tungi klub joylashgan The Tower mehmonxonasi oldida Akmal Borisga ikki bor musht tushirgani, jabrlanuvchi hushidan ketib yiqilganini ko‘rish mumkin. Tajovuzkor shaxs shundan keyin ham harakatlarini davom ettirib, Xurshidga hamla qilgan, ayollardan birini, Katyani ham kaltaklagan.
Boshqarma xabariga ko‘ra, Boris bosh miya jarohati, o‘ng yuzidan lunji yirtilgan jarohati va spirtdan zaharlanish tashxisi bilan shifoxonaga olib yotqizilgan.
Holat yuzasidan Yakkasaroy tumani IIO tomonidan Jinoyat kodeksining 277-moddasi (Bezorilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda.
Jabrlanuvchining yaqinlaridan biri Instagram sahifasida xabar qilishicha, unda tezkor ravishda 5 soatlik miya trepanatsiyasi operatsiyasi o‘tkazilgan, so‘ngra sun’iy komaga tushirilgan. Hozirda uning hayoti xavf ostida. Shifokorlar u o‘lim xavfi ostidaligi yoki butunlay nogiron bo‘lib qolish ehtimoli mavjudligini aytishgan.
Tavsiya etamiz
Soch to‘kilishi, ko‘z osti qorayishi, lab yorilishi: tana tili bizni nimalardan ogohlantiradi?
Jamiyat | 17:08 / 10.07.2025
Roman Starovoyt – urushning kursidagi qurboni
Jahon | 22:00 / 08.07.2025
Qozog‘istonda kuydirgi tarqaldi, ikki qishloq karantinga olindi
Jahon | 17:57 / 08.07.2025
11 iyuldan IELTS imtihonini qog‘ozda topshirish bekor qilinadi
O‘zbekiston | 15:45 / 08.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Har yakshanba kunlari Toshkentdan Maldivga to‘g‘ridan to‘g‘ri reyslar
O‘zbekiston | 09:00 / 11.07.2025
-
To‘la benzin baki bilan 2100 km - Geely Galaxy A7 sedani sotuvga chiqdi
Fan-texnika | 16:48
-
Jar yoqasidagi soha: Muammolar ko‘rsatildi, vazirlar esa jim
O‘zbekiston | 16:43
-
Rossiya hududlari ishchi kuchi tanqisligi tufayli migrantlarini qaytara boshladi
Jahon | 16:30
Mavzuga oid

14:00 / 11.07.2025
Toshkentdagi yirik chorrahada harakat uch kunga cheklanadi

15:09 / 08.07.2025
Olti oyda bolalarga nisbatan 60 ta zo‘ravonlik holati aniqlandi

10:23 / 20.06.2025
XMT: Haitida 1,3 mlnga yaqin kishi to‘dalar zo‘ravonligi tufayli uyini tark etdi

08:50 / 21.05.2025