BMT komissiyasi Rossiyaning Ukrainadagi harbiy jinoyatlari haqida ma’lumot berdi

Jahon 19:46 / 23.09.2022 8088

BMT komissiyasi Rossiya qo‘shinlarining Ukrainadagi harbiy jinoyatlari haqida ma’lumot berdi. Bu jinoyatlar qurbonlari 4 yoshdan 82 yoshgacha bo‘lgan. Bu haqda komissiya rahbari Erik Myose aytdi. 

Dpa agentligining xabariga ko‘ra, inson huquqlari bo‘yicha ekspertlar o‘tkazgan surishtiruv 2022 yilning fevral-mart oylariga to‘g‘ri keladi.

Ekspertlar Rossiya okkupatsiyasidan ozod qilingan regionlarga tashrifi davomida tinch aholiga nisbatan ko‘plab tazyiqlar o‘tkazilganini aniqlashgan. Hozirda yana 16ta joyda surishtiruvlar olib borilmoqda, deyiladi hisobotda.

"Guvohlar noqonuniy qo‘lga olishlar chog‘idagi muntazam qiynoqlar va qo‘pol munosabatlar haqida xabar berishmoqda", - dedi Myose.

Jabrlanuvchilarning so‘zlariga ko‘ra, ularning ayrimlarini Rossiyaga olib ketishgan va bir necha hafta ushlab turishgan. 

Komissiya shuningdek, ukrainalik harbiylar tomonidan rossiyalik askarlarga nisbatan zo‘ravonlik ishlatilgan ikkita holatni qayd etishgan. 

"To‘plangan dalillar asosida komissiya Ukrainadagi urush vaqtida harbiy jinoyatlar sodir etilgan degan xulosaga keldi", - dedi Myose.

Mazkur jinoyatlar bo‘yicha yakuniy hisobot 2023 yilning martida taqdim etilishi rejalashtirilgan.

Ko‘proq yangiliklar: