2022 yil yanvar-avgust oylarida O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi 32,1 mlrd AQSh dollariga teng bo‘ldi.
Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, bu ko‘rsatkich o‘tgan yil mos davri bilan solishtirilganda qariyb 7 mlrd AQSh dollariga oshgan.
Tashqi savdo aylanmasida eksport hajmi 12,7 mlrd dollarni tashkil qildi. Bunda, mahsulotlar – 10,3 mlrd, xizmatlar – 2,4 mlrd dollar.
O‘z navbatida, import hajmi 19,4 mlrd dollarga teng bo‘ldi. Bunda, mahsulotlar – 17,8 mlrd, xizmatlar – 1,6 mlrd dollar.