Litvada Rossiya telekanallari translatsiyasi taqiqlandi

Jahon 18:45 / 22.09.2022 3059

Litva Rossiya telekanallari translatsiyasini ikki yil muddatga taqiqladi. Bu haqda mamlakat parlamenti saytida xabar qilindi.

Xabarga ko‘ra, Litva parlamenti Rossiya va Belarus tomonidan boshqariladigan, nazorat qilinadigan yoki moliyalashtiriladigan telekanallar namoyishini taqiqladi. 

«Taqiq 2024 yilning 1 oktyabrigacha amal qiladi», — deyiladi xabarda.

Mart oyida Litvada «Mir» telekanali translatsiyasi taqiqlangandi. Bundan tashqari, Rossiya va Belarus telekanallarini tomosha qilish imkonini beruvchi 60ga yaqin internet saytlari ham bloklangan. Avvalroq esa RBK va «Mir 24» kanallari translatsiyasi besh yil muddatga taqiqlangandi. 

Ko‘proq yangiliklar: