Markaziy bank 23 sentabrdan xorijiy valutalarning so‘mga nisbatan rasmiy kursini e’lon qildi.
1 AQSh dollari 30,32 so‘mga qimmatlab, 11 010,33 so‘m etib belgilandi. Bu 13 iyundan buyon maksimum, uch oy oldin Amerika valutasi 11005,03 so‘m bo‘lgandi.
22 sentabr kuni tijorat banklarida dollar 11035 so‘mlik kursda sotilgan, sotib olish kursi 10925 so‘mdan 11020 so‘mgachani tashkil etgan.
Gazeta.uz ma’lumotiga ko‘ra, payshanba kuni Toshkent valuta birjasida savdolar hajmi 187 mln dollarni tashkil etgan. Bu 25 iyuldan (256 mln dollar) buyon maksimum ko‘rsatkichdir.
Shuningdek, yevro 52,47 so‘mga arzonladi va 10 851,78 so‘mga teng bo‘ldi, rubl 2,47 so‘mga ko‘tarilib, 183,58 so‘mni tashkil etmoqda.
21 sentabr kuni dollarning rasmiy kursi 29,55 so‘mga qimmatlab, 10 980,01 so‘m etib belgilangan edi.