Zelenskiy Rossiyada qisman safarbarlik e’lon qilinishiga munosabat bildirdi

Jahon 22:44 / 21.09.2022 38975

Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy Rossiya prezidenti Vladimir Putinning «qisman safarbarlik» e’lon qilishiga izoh berdi.

Zelenskiyning so‘zlariga ko‘ra, u Putinning chiqishini ko‘rmagan, ammo barcha kerakli ma’lumotlarga ega.

«Putin oxirgi oy davomida qisman safarbarlikni o‘tkazib bo‘ldi. Maxsus xizmatlarimiz va ittifoqchilarimiz bu haqda aytishgan», — dedi Ukraina prezidenti. 

Uning qayd etishicha, bu Rossiyada «ofitserlar va boshqa harbiylar» borasida muammolar borligini bildiradi. 

«Ular jang qila olmaydigan yigitlarni yo‘llashganini bilamiz. Bu yigitlar halok bo‘ldi. Ular hattoki o‘qishlarini yakunlay olishmadi. Ular jang qila olmaydi. Bizga kelishadi va o‘lishadi.

U harbiylari qochib ketayotganini ko‘ryapti. Unga ko‘pmillionli armiya kerak, chunki Ukrainaga kelayotganlarning aksariyati shunchaki qochib ketyapti.  

U Ukrainani qonga botirmoqchi, lekin shu bilan birga o‘z askarlarining qoniga ham», dedi Ukraina prezidenti. 

21 sentabr kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin mamlakatda qisman safarbarlik e’lon qildi.  

Ko‘proq yangiliklar: