Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xususiy tashkilot xodimlariga homiladorlik nafaqasini davlat tomonidan to‘lash tartibi belgilandi
Hukumat qarori bilan davlat ijtimoiy sug‘urtasi bo‘yicha homiladorlik va tug‘ish nafaqasini tayinlash hamda to‘lash tartibi to‘g‘risida nizom tasdiqlandi.

Budjet tashkilotlaridan boshqa barcha yuridik shaxslarda 6 oy uzluksiz ishlayotgan ayollarga homiladorlik va tug‘ish nafaqasini to‘lash tartibi belgilandi.
Nafaqa Ijtimoiy sug‘urta jamg‘armasi hisobidan farzand tug‘ilgunigacha minimal iste’mol xarajatlari 4 baravari - 1 mln 992 ming so‘m miqdorida beriladi.
Shunga ko‘ra, yuridik shaxslar nafaqa to‘lash majburiyati jamg‘arma hisobidan to‘langan nafaqa miqdoriga kamaytiriladi.
Mehnatga layoqatsizlik varaqasi nafaqani tayinlash va to‘lash uchun asos bo‘ladi. Mehnatga layoqatsizlik varaqasi rasmiylashtirilgandan 5 ish kunida ma’lumotlar mas’ul tibbiyot xodimi tomonidan “Tibbiyot” axborot tizimiga kiritiladi va ma’lumotlar “Yagona reyestr” tizimiga yuboriladi.
“Yagona reyestr” tizimi tomonidan nafaqa tayinlash yoki rad etish haqida qaror qabul qilinib asoslantirilgan holda nafaqa oluvchi telefoniga SMS-xabar yuboriladi.
Nafaqa oy 10-sanasigacha nafaqa oluvchi plastik kartasiga o‘tkazib beriladi. Plastik karta bo‘lmaganida esa oy 27-sanasigacha naqd ko‘rinishda beriladi.
Tavsiya etamiz
Urush taqdiri Alyaskada hal bo‘ladi – hafta dayjesti
Jahon | 17:31 / 10.08.2025
Koreya: Gapirilmaydigan haqiqatlar (2-qism) | SUBYEKTIV
Jamiyat | 18:07 / 09.08.2025
Lazizbek Mullajonov birinchisi emas. Doping sabab diskvalifikatsiya qilingan mashhur o‘zbek sportchilari
Sport | 20:54 / 08.08.2025
«Oltin to‘p»ga da’vogarlar ro‘yxati e’lon qilindi
Sport | 16:40 / 08.08.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Yangi Zelandiya Falastin davlatini tan olish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda
Jahon | 20:17
-
Ozarboyjon Ukrainaga 2 mln dollarlik yordam ajratdi
Jahon | 19:53
-
Korrupsiya mojarolari sababli Abu-Dabiga ko‘chib ketgan Ispaniya faxriy qiroli Portugaliyaga ketmoqchi
Jahon | 19:21
-
Eron va Iroq xavfsizlik borasida kelishuv imzoladi
Jahon | 18:57
Mavzuga oid

21:59 / 18.06.2025
AQShda bir necha hafta oldin vafot etgan ayolning farzandi tug‘ildi

06:22 / 21.02.2025
Homilador ayollar necha marta skrining tekshiruvlaridan o‘tishi zarur?

11:10 / 14.02.2025
Homiladorligi sababli xodimni ishdan bo‘shatishga taqiq joriy etildi

21:19 / 29.12.2024