Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston qizilmiya yetishtirish hajmi bo‘yicha dunyoda birinchi o‘rinni egalladi

Foto: travniku.com
Britaniyaning The Economist jurnalida Orolbo‘yi mintaqasini tiklashga qaratilgan ekologik loyiha mavzusiga bag‘ishlangan maqola chop etildi, deb xabar bermoqda “Dunyo”.
Unda tibbiyot va oziq-ovqat sanoatida ishlatiladigan qizilmiya ildizini yetishtirish bo‘yicha loyiha natijadorligi bilan bog‘liq tafsilotlar qalamga olingan.
“Jahon banki ma’lumotlariga ko‘ra, 2017-2021 yillarda O‘zbekistondan qizilmiya ekstrakti eksporti hajmi 30 million dollarga yetgan, - deb yozadi jurnal. - O‘zbekiston o‘tgan yili qizilmiya yetishtirish hajmi bo‘yicha dunyoda birinchi o‘rinni egalladi. Qoraqalpog‘iston ushbu loyiha markazida”.
Maqolada Qizilmiya yetishtiruvchilar milliy assotsiatsiyasi raisi Murat G‘oipovning qizilmiya eksporti sezilarli darajada oshgani haqidagi fikrlari keltirilgan. “Bu hukumat qo‘shimcha qiymatli mahsulotlar eksportini rag‘batlantirish strategiyasiga mos keladi. Masalan, neft mahsulotlari o‘rniga tayyor plastmassa, paxta o‘rniga to‘qimachilik mahsulotlari”, deb yozadi nashr.
Qoraqalpog‘istonda qizilmiyani qayta ishlash korxonalari tashkil etilgan, ular bir qismi xitoylik investorlar ishtirokida tuzildi. Ushbu korxonalar soliq imtiyozlariga ega bo‘lib, bojxona to‘lovlaridan ozod qilingan.
Hozirgi vaqtda qizilmiya ildiziga asoslangan mahsulotlar assortimenti keng - bu shampunlar, choy, dori-darmonlar. Mutaxassis fikricha, kompaniyalar soni ortishi bilan O‘zbekiston qizilmiya ekstrakti ishlab chiqarishdan tayyor mahsulot ishlab chiqarishga o‘tishi va qizilmiya eksportini ikki barobarga oshirishi mumkin.
Tavsiya etamiz
Toshkentda o‘zini DXX xodimi sifatida tanishtirgan shaxs ushlandi
Jamiyat | 14:43 / 05.08.2025
Yana issiq - hafta o‘rtasidan havo harorati ko‘tariladi
O‘zbekiston | 22:59 / 04.08.2025
O‘zbekiston AQShdan paxta import qilmoqchi
Iqtisodiyot | 17:11 / 04.08.2025
Putin 1994 yildayoq Ukraina sharqi va Qozog‘iston shimoli «doim Rossiya davlatining bir qismi bo‘lgani»ni aytgan
Jahon | 14:23 / 04.08.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Xorijga viza olish va ishga jo‘natishni va’da qilgan yana bir firma odamlarni aldab ketgani aytilmoqda
Jamiyat | 11:00
-
DXX hududlarda firibgarlik bilan bog‘liq holatlarni aniqladi
Jamiyat | 10:31
-
Tramp agar kelishuv bajarilmasa, YeIga tariflarni oshirish bilan tahdid qildi
Jahon | 10:00
-
Tramp va Putinning ehtimoliy uchrashuvi. Bu haqda nimalar ma’lum?
Jahon | 09:42
Mavzuga oid

11:07 / 29.04.2021
Bog‘otlik tadbirkor qizilmiyani Germaniyaga eksport qilmoqda

22:14 / 22.12.2020
«Qashshoq, lekin qul emas» - The Economist saylovdagi soxtalikni yenggan Malavini «Yil mamlakati» deb topdi

08:10 / 08.06.2020
O‘zbekiston-Xitoy qo‘shma korxonasiga qizilmiya ildizini ekish va qayta ishlash uchun yer ajratiladi

14:04 / 19.12.2019