Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston-Xitoy qo‘shma korxonasiga qizilmiya ildizini ekish va qayta ishlash uchun yer ajratiladi
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kegeyli tumanida qizilmiya ildizini ekish va qayta ishlashni rivojlantirish ko‘zda tutilgan.

Vazirlar Mahkamasining «Lanko miya» qo‘shma korxonasiga qizilmiya ildizini ekish va qayta ishlash uchun yer ajratish to‘g‘risida»gi farmoyishi loyihasi e'lon qilindi.
O‘zbekiston Respublikasi Yer kodeksining 24-moddasiga asosan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining «Lanko miya» O‘zbekiston-Xitoy qo‘shma korxonasiga qizilmiya ildizini ekish va qayta ishlash uchun yer uchastkalarini ijaraga berish haqidagi takliflariga muvofiq:
Kegeyli tumanidagi «Juzim-bag‘» ovul fuqarolar yig‘ini hududidagi zaxira yer maydonlaridan umumiy maydoni 40,9 gektar shundan: 12,1 gektar sug‘oriladigan ekin yer maydonlari, 15,9 gektar yaylov yerlar, 3,1 gektar suv osti yerlari, 0,3 gektar yo‘llar va 9,5 gektar qishloq xo‘jaligida foydalanilmaydigan boshqa yer maydonlari «Lanko miya» qo‘shma korxonasiga 30 yil muddatga ijara huquqi asosida ajratib beriladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari geodeziya kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi bilan birgalikda belgilangan tartibda yer uchastkasini «Lanko miya» qo‘shma korxonasiga uzoq muddatli ijaraga berish to‘g‘risida shartnomasini rasmiylashtiradi.
«Lanko miya» O‘zbekiston-Xitoy qo‘shma korxonasiga qizilmiya ildizini ekish va qayta ishlash uchun ajratilayotgan yer maydonlariga belgilangan investitsiya majburiyatlarini bajarmaganda, ajratilgan yer maydonlaridan oqilona va belgilangan maqsadga muvofiq foydalanilmaganda, kimyoviy va radioaktiv ifloslanishiga, atrof muhitning buzilishiga, respublika hududida karantin obektlarning paydo bo‘lishiga va tarqalishiga olib keluvchi usullardan foydalanilganda ajratilgan yer uchastkasining ijara shartnomasi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda bekor qilinadiganligi ko‘rsatib o‘tiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi «Lanko miya» qo‘shma korxonasiga ajratilgan yer maydoni bo‘yicha atrof-muhitga ta'sir to‘g‘risidagi ariza loyihasini qonunchilikda belgilangan tartibda davlat ekologik ekspertizasidan o‘tkazilishini ta'minlasin hamda tabiatni muhofaza qilish qonunchiligiga qat'iy rioya etilishi yuzasidan davlat nazoratini o‘rnatadi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisiga (Q.R.Sariyev):
ishlab chiqarish zaruriyati taqozo etganda yuqorida ko‘rsatilgan muddatning uzoq muddatli ijara huquqi asosida foydalanish muddatlaridan ortiq bo‘lmagan davrga belgilangan tartibda o‘zgartirilishini nazarda tutadi.
«Lanko miya» qo‘shma korxonasi ijaraga berilgan yerni ijara muddati tugagandan so‘ng foydalanish mumkin bo‘lgan holga keltirib, Kegeyli tumani zaxira yerlariga qaytarib berishni ta'minlaydi.
Tavsiya etamiz
Yevropa Ittifoqining 18-sanksiyalar paketi Rossiyaga qanday ta’sir qiladi?
Jahon | 23:12 / 21.07.2025
Uy sotib olishda aldanib qolmaslik uchun nimalarga e’tibor qilish kerak?
Ko‘chmas mulk | 16:30 / 21.07.2025
Super-kontraktni bo‘lib-bo‘lib to‘lash mumkinmi?
Ta’lim | 11:29 / 21.07.2025
Davlat OTMga qabul kvotalari tasdiqlandi
Ta’lim | 11:09 / 21.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Britaniyada depressiyaga chalingan odamlarga futbolga borish tavsiya etildi
Sport | 23:20 / 22.07.2025
-
AQSh Trampning yangi muddati davomida Ukrainaga birinchi harbiy yordam shartnomasini e’lon qildi
Jahon | 23:01 / 22.07.2025
-
O‘zbek-qozoq chegarasidagi tunnel, ijtimoiy obektlar geoportali va Jizzaxga tashrif – mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 22:54 / 22.07.2025
-
Eron davlat xodimlarining iPhone’lari Isroil bilan urush oldidan kiberhujumga uchradi – OAV
Jahon | 22:18 / 22.07.2025
Mavzuga oid

13:56 / 24.05.2024
Kegeylida 3 kishining o‘limiga sababchi bo‘lgan haydovchi 10 yilga qamaldi

14:54 / 01.08.2023
Kegeyli tumaniga yangi hokim tayinlandi

09:10 / 21.09.2022
O‘zbekiston qizilmiya yetishtirish hajmi bo‘yicha dunyoda birinchi o‘rinni egalladi

15:30 / 11.06.2022