20 va undan kichik yoshda farzandli bo‘lgan ayollar soni eng ko‘p Samarqandda qayd etildi
20 va undan kichik yoshda farzandli bo‘lgan ayollar soni to‘g‘risida ma’lumot berildi.

Foto: Davlat statistika qo‘mitasi
2022 yil yanvar-iyul oylarida O‘zbekistonda 20 va undan kichik yoshda farzandli bo‘lgan ayollar soni 46 173 nafarni tashkil etgan.
Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, hududlar kesimida qayd etilgan 20 va undan kichik yoshda birinchi marta farzandli bo‘lgan ayollar soni eng ko‘p Samarqand viloyatida kuzatildi – 7 282 nafar.
Ushbu ko‘rsatkich qolgan hududlar kesimida quyidagicha ko‘rinish oldi:
- Farg‘ona viloyati – 6 307 nafar;
- Andijon viloyati – 4 941 nafar;
- Namangan viloyati – 4 647 nafar;
- Qashqadaryo viloyati – 4 323 nafar;
- Surxondaryo viloyati – 3 702 nafar;
- Toshkent viloyati – 3 387 nafar;
- Toshkent shahri – 3 214 nafar;
- Buxoro viloyati – 2 070 nafar;
- Jizzax viloyati – 1 608 nafar;
- Qoraqalpog‘iston R. – 1 403 nafar;
- Xorazm viloyati – 1 289 nafar;
- Sirdaryo viloyati – 1 010 nafar;
- Navoiy viloyati – 990 nafar.
Mavzuga oid

10:56 / 08.03.2025
5 nafar ayolni biznesga olib kirgan tadbirkorga 50 mln so‘mgacha grant ajratiladi

08:41 / 08.03.2025
2025 yilda 2 mln nafar ayollar bandligini ta’minlash rejalashtirilgan

17:18 / 08.02.2025
“Sen qulsan” – Kosonda kelinini muntazam xo‘rlab kelgan qaynota va qaynona hamda ularning o‘g‘li ozodlikdan mahrum qilindi

17:26 / 08.11.2024