MB: avgustda yillik inflatsiya darajasi 12,3 foizni tashkil etdi

Iqtisodiyot 15:48 / 08.09.2022 40551

Bu haqda O‘zbekiston Markaziy banki matbuot xizmati xabar berdi.

MB ma’lumotiga ko‘ra, avgust oyida yillik inflatsiya darajasi 12,3 foizni tashkil qilgan. Yillik inflatsiya tarkibida oziq-ovqat mahsulotlari narxlari 16,3 foizga, nooziq-ovqat tovarlari va xizmatlar narxi mos ravishda 10,9 foizga va 7,1 foizga oshdi.

Avgust oyi natijalariga ko‘ra, aholining inflatsiya kutilmalari keyingi 12 oyda 15,3 foizga, tadbirkorlarniki 14,1 foizgacha kamaygan, biroq joriy inflatsiya darajasidan yuqoriligicha qolmoqda.

Shuningdek, joriy yilda shakllangan bazaviy inflatsiyaning o‘sish tendensiyasi iqtisodiyotda inflyatsion xatarlari saqlanib qolayotganidan dalolat beradi.

Yillik bazaviy inflatsiya avgust oyida 12,4 foizni tashkil etdi va uning asosiy inflatsiyaga qo‘shgan hissasi 9,4 foiz punktiga ko‘tarildi.

Ko‘proq yangiliklar: