Eng kuchli Android-smartfonlar reytingi e’lon qilindi 

Fan-texnika 20:53 / 08.09.2022 53295

Birinchi o‘rinni Asus ROG Phone 6 smartfoni egalladi. U Snapdragon 8+ Gen 1 protsessori bilan jihozlangan bo‘lib, tezkor xotirasi 16 GB va doimiy xotirasi 512 GB. 

Ikkinchi o‘ringa xuddi shu protsessor o‘rnatilgan iQOO 9T smartfoni joylashdi. Uning tezkor xotirasi 12 GB va doimiy xotirasi 256 GB.

Snapdragon 8 Gen 1 protsessoriga ega ZTE Nubia Red Magic 7 uchinchi o‘rinni egalladi. Uning tezkor xotirasi 16 GB va doimiy xotirasi 25 GB.  

Eng kuchli Android-smartfonlar ro‘yxatiga shuningdek, Xiaomi 12S Ultra, Black Shark 5 Pro, Vivo X80, Motorola Edge 30 Pro, Vivo X80 Pro, Samsung Galaxy Z Fold4 hamda Xiaomi 12 Pro smartfonlari kiritildi. 

Ko‘proq yangiliklar: