Sebzorda guruh bo‘lib harakatlangan va tanasini mashinadan chiqarib olgan 5 kishiga bayonnoma rasmiylashtirildi

Jamiyat 16:44 / 07.09.2022 11496

Toshkentda yo‘l harakati qoidalarini chetlab o‘tgan haydovchilarga qonuniy chora ko‘rildi.

Ijtimoiy tarmoqlarda Olmazor tumani Sebzor ko‘chasida bir qancha transport vositalari haydovchilari yo‘l harakati xavfsizligiga tahdid soluvchi guruh bo‘lib harakatlangani hamda ular yo‘lovchilari mashinadan tana qismlarini chiqargani aks etgan videolavha tarqaldi.

Toshkent shahar IIBB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xabariga ko‘ra, ushbu holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB xodimlari tomonidan, haydovchi va yo‘lovchilarga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeks tegishli moddalari bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi.

YHXB ma’lumotida aytilishicha, haydovchi va yo‘lovchilar bilan profilaktik suhbat ham o‘tkazilgan. 

Ko‘proq yangiliklar: