Farg‘onada YHX bo‘limi oldida fuqaro o‘ziga “lezviya” bilan tan jarohati yetkazayotgani holati bo‘yicha munosabat bildirildi

Jamiyat 14:45 / 05.09.2022 20322

Qayd etilishicha, 2022 yil 1 sentabr kuni Qo‘qon shahar U.Nosir ko‘chasida YPX inspektorlari tomonidan to‘xtatilgan “Matiz” rusumli transport vositasi haydovchisi psixotrop modda ta’sirida ekanlikda gumonlanib, tibbiy tekshiruvga taklif etilgan vaqtda haydovchi tibbiy tekshiruvdan bosh tortganligi sabab ushbu holat yuzasidan YPX inspektorlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 136-moddasiga asosan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan.

Joriy yilning 5 sentabr kuni ushbu “Matiz” rusumli transport vositasi haydovchisi va uning onasi Qo‘qon shahar ichki ishlar boshqarmasi yo‘l harakati xavfsizligi bo‘limiga kelib, ushbu ma’muriy bayonnomaga e’tiroz bildirib, transport vositasini jarima maydonidan chiqarib berishni so‘rashgan. 

Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan yuqoridagi holat yuzasidan to‘plangan hujjatlar sud organiga ko‘rib chiqish uchun yuborilishi hamda qonuniy qaror qabul qilinishi tushuntirilganda haydovchining bundan jahli chiqib, o‘ziga tan jarohati yetkazgan va onasining sog‘ligi yomonlashgan.

Ushbu fuqarolarga zudlik bilan tibbiy yordam ko‘rsatilgan.

“Hozirda holat yuzasidan o‘rganish ishlari olib borilmoqda”, – deyiladi munosabatda.

Avvalroq, Farg‘onada IIB xodimlari tomonidan mastlik holatini tekshirish uchun olib ketilayotgan fuqaro to‘satdan vafot etganligi to‘g‘risida xabar berilgan edi.

Ko‘proq yangiliklar: