Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
1 sentabrdan xususiy sektorda ishlayotgan ayollarga tug‘uruq va homiladorlik bo‘yicha nafaqa to‘lanadi
1 sentabrdan boshlab tug‘uruq va homiladorlik nafaqalarini to‘lash tartibi o‘zgaradi.
Bu haqda prezidentning «O‘zbekiston Respublikasi aholisini ijtimoiy himoya qilish strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida»gi farmonida aytilgan.
Hujjatga ko‘ra, Moliya vazirligi tarkibida yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan Ijtimoiy sug‘urta jamg‘armasi tashkil etildi. Jamg‘arma faoliyatini moliyalashtirish manbalari davlat budjeti va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisoblanadi.
Ijtimoiy sug‘urta jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan:
joriy yilning 1 sentabridan boshlab tug‘uruq va homiladorlik nafaqasi davlat ijtimoiy sug‘urtasi doirasida eng kam iste’mol xarajatlari miqdorida to‘lanadi. Shu bilan birga, agar xodimning ish stajida bir oygacha tanaffuslar bo‘lsa, uzluksiz ish stajini hisoblashda tanaffuslardan oldingi va undan keyingi oylar hisobga olinadi;
kelgusida davlat ijtimoiy sug‘urtasi bo‘yicha nafaqalarni to‘lash «Ijtimoiy himoya yagona reyestri» axborot tizimi orqali bosqichma-bosqich amalga oshiriladi.
7 mart kuni prezident «Oila va xotin-qizlarni tizimli qo‘llab-quvvatlash borasidagi ishlarni yanada jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmonni imzolagan edi.
Hujjatda 2022 yil 1 sentabrdan boshlab barcha yuridik shaxslarda, budjet tashkilotlari bundan mustasno, oxirgi 6 oy davomida uzluksiz ish stajiga ega bo‘lgan ayollarga tug‘uruq va homiladorlik nafaqalari oylik iste’mol xarajatlarining eng kam miqdoridan kelib chiqqan holda davlat budjeti mablag‘lari hisobidan to‘lanishi belgilandi.
Tavsiya etamiz
Navoiyni kimlar zaharlayapti? – ekologiya vaziri izoh berdi
O‘zbekiston | 11:23 / 25.07.2025
Ishdagi ishqning yakuni: selektorda “qo‘lga tushgan” amaldor ishdan olindi
O‘zbekiston | 10:42 / 25.07.2025
Fransiya Falastin davlatini tan oladi - Makron
Jahon | 09:46 / 25.07.2025
Nihoyat: kelayotgan haftada salqin havo oqimi kirib kelishi kutilmoqda
O‘zbekiston | 20:03 / 24.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Istanbuldan uchgan Uzbekistan Airways samolyoti favqulodda vaziyat tufayli aeroportga qaytdi
O‘zbekiston | 19:28
-
Qirg‘iz-o‘zbek xalqaro universitetidan 3 mingdan ortiq talaba chetlatildi
Jahon | 19:19
-
O‘zbekiston Butunjahon yozgi Universiadani 13-o‘rinda yakunladi
Sport | 19:16
-
Bosqichma-bosqich eski quvurlardan zamonaviy issiqlik tizimiga o‘tilmoqda - Veolia Energy Tashkent
O‘zbekiston | 19:00
Mavzuga oid

21:59 / 18.06.2025
AQShda bir necha hafta oldin vafot etgan ayolning farzandi tug‘ildi

06:22 / 21.02.2025
Homilador ayollar necha marta skrining tekshiruvlaridan o‘tishi zarur?

11:10 / 14.02.2025
Homiladorligi sababli xodimni ishdan bo‘shatishga taqiq joriy etildi

21:19 / 29.12.2024