Qashqadaryoda daryo muhofazasidagi 20 sotix yerni 20 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi

Jamiyat 10:13 / 28.08.2022 11176

Qashqadaryo viloyati IIB JQB Korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish bo‘limi yer resurslari talon-toroj qilinishiga qarshi kurashish bo‘linmasi, Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Shahrisabz tuman bo‘limi va tuman prokuraturasi xodimlari hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazilgan.

Unda Shahrisabz tumanida yashovchi fuqaro M.A. fuqaro B.I.ga tumandagi daryo muhofazasiga olingan 20 sotix yer maydonini 20 ming AQSh dollariga sotishga kelishib, shundan 200 million so‘mni olgan vaqtida ashyoviy-dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) 4-qismi «a» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: