Toshkent viloyatida Nexia-3 daraxtga urilib, haydovchi halok bo‘ldi

Foto: Telegram
Ijtimoiy tarmoqlarda «Toshkent viloyati Qibray tumani Madaniyat yo‘lida ayanchli YTH sodir bo‘lgani aytilmoqda» sarlavhasi ostida xabarlar tarqaldi. Viloyat yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi holat yuzasidan ma’lumot berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, 24 avgust kuni soat 03:30 da haydovchi — 1999 yilda tug‘ilgan, Toshkent shahrida yashovchi S.D. boshqaruvidagi Nexia-3 avtomobilida Toshkent tumani «Ibrat« mahalla fuqorolar yig‘ini Madaniyat ko‘chasi 46-uy qarshisida rul boshqaruvini yo‘qotib, yo‘lning chetidagi daraxtga urilib, yo‘l-transport hodisasi sodir etgan.
Ushbu yo‘l transport hodisasi oqibatida haydovchi S.D. voqea joyida halok bo‘lgan. Avtotransport vositasida yo‘lovchi sifatida harakatlanib ketayotgan, 2001 yilda tug‘ilgan M.D. Toshkent tumani markaziy shifoxonasiga olib ketilgan.
Hozirda holat yuzasidan Toshkent tumani IIB tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid

13:04 / 08.01.2025
Toshkent tumanida aholi noroziligidan keyin sanitar tozalash korxonasi bilan shartnoma bekor qilindi

15:54 / 29.10.2024
Toshkent tumanidagi qariyb 43 ming xonadonda noma’lum muddatga gaz o‘chiriladi

13:34 / 17.10.2024
Toshkent tumanida it yosh bolani o‘ldirib qo‘yay dedi. Uning egasi 370 ming jarima bilan qutulib ketadi

23:40 / 09.10.2024