Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent tumanida aholi noroziligidan keyin sanitar tozalash korxonasi bilan shartnoma bekor qilindi

Foto: Chiqindilarni boshqarish agentligi
Chiqindilarni boshqarish agentligi Toshkent tumanida chiqindi xizmatlari bo‘yicha mavjud muammolar haqida ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarlar yuzasidan munosabat bildirdi.
Qayd etilishicha, mazkur murojaat Chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish agentligi mas’ullari tomonidan alohida nazoratga olinib, holat joyiga chiqib o‘rganildi.
Shuningdek, Xalq deputatlari Toshkent tumani kengashi Oliy Majlis Senati va Qonunchilik palatasi deputatlari hamda «Zangiota Obodon» MChJ va «Toza hudud» DUK sanitar tozalash korxonasi rahbarlari ishtirokida doimiy komissiya yig‘ilishi o‘tkazildi.
Kun tartibida hududda chiqindilar o‘z vaqtida olib chiqib ketilmasligi bo‘yicha aholining noroziligi muhokama qilingan.
«Yig‘ilishda ayni paytda «Zangiota Obodon» MChJ bilan sanitar tozalash xizmati bo‘yicha tuzilgan bitim bekor qilingani hamda ushbu masala bilan vaqtinchalik Toshkent viloyati «Toza hudud» DUK shug‘ullanishi ma’lum qilindi. Shu o‘rinda, mavjud yagona elektron biling tizimiga ko‘ra hududda mart oyiga qadar elektr ta’minoti bilan bog‘liq cheklovlar bo‘lmasligi bildirildi.
Muzokaralar natijasida Toshkent tumanida maishiy chiqindilar bilan bog‘liq yuzaga kelgan muammolar 6 kun ichida to‘liq bartaraf etilishi hamda keyinchalik aniq reja-grafik asosida xizmat ko‘rsatilishiga kelishib olindi.
Jarayonda mazkur masala alohida nazoratga olinib, xizmat ko‘rsatuvchi sanitar tozalash korxonasi tomonidan zimmasiga yuklatilgan vazifa o‘z vaqtida samarali bajarilmasa, Davlat ekologik nazorat inspeksiyasi hamda sessiya qarori bilan ijrochilarga belgilangan tartibda zaruriy choralar ko‘rilishi ta’kidlab o‘tildi», deyiladi xabarda.
Ma’lum qilinishicha, Ekologiya vazirligi huzuridagi Chiqindilarni boshqarish agentligi tomonidan sanitar tozalash infratuzilmasi obektlarini joylashtirish va ulardan foydalanish bo‘yicha talablarni buzib, faoliyatida sustkashlikka yo‘l qo‘ygan ayrim sanitar tozalash korxonalariga huquqiy baho berilishini ta’minlash alohida nazoratga olingan. Jumladan, sanitar tozalash korxonalari ishtirokida aholiga sifatli xizmat ko‘rsatmaganlik bilan bog‘liq 2 236 ta huquqbuzarlik holati aniqlanib, ularga Davlat ekologik nazorat inspeksiyasi tomonidan tegishli tartibda qonuniy choralar ko‘rilgan. Unga ko‘ra jami 814 mln 771 ming so‘m miqdoridagi jarimalar qo‘llangan bo‘lib, mas’ullarning 8 nafariga jinoiy javobgarlik belgilangan hamda «Maishiy chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish sohasida xizmatlarni ko‘rsatishga davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risida»gi 4 ta bitim bekor qilingan.
Tavsiya etamiz
Navbatdagi cho‘pchak: O‘zbekistonda kriptovaluta “qazib oluvchi” uskuna ijarasidan daromad olish taklif etilmoqda
Jamiyat | 20:37 / 14.07.2025
Toshkentda piyodalarga yo‘l bermagan haydovchilarni qayd etuvchi kameralar ishga tushirildi
Jamiyat | 17:45 / 14.07.2025
„Uchastkavoy“ prezident bilan uchrashuvda kapitanga aylandi
O‘zbekiston | 15:27 / 11.07.2025
Tramp: NATO Ukraina uchun AQShdan qurol sotib oladi
Jahon | 11:21 / 11.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Uzum ta’minotchilar uchun sahifani ishga tushirdi
O‘zbekiston | 16:50
-
Kreml Trampning yangi bayonotlarini tahlil qilish uchun vaqt kerakligini qayd etdi
Jahon | 15:27
-
Migrantlarga Rossiyaga kirishda tibbiy ma’lumotnoma taqdim etish majburiyati yuklanishi mumkin
Jahon | 15:24
-
Saudiya Arabistoni 170 km uzunlikdagi osmono‘par shahar loyihasini qayta ko‘rib chiqmoqda
Jahon | 15:19
Mavzuga oid

14:16 / 14.07.2025
🔴 LIVE: Chiqindidan qarzdorlik uchun "svet"ga to‘lov qilib bo‘lmaydi, bu aholiga navbatdagi yukmi? – mutaxassis va mas’ullar bilan suhbat

19:07 / 11.07.2025
Chiqindidan qarzi borlar 1 avgustdan boshlab svet uchun pul to‘lolmaydi

13:53 / 10.07.2025
O‘zbekistonning issiqxona gazlari chiqindilarini kamaytirishga qo‘shadigan hissasi ortadi

12:15 / 10.07.2025