Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi xabariga ko‘ra, rad etilgan arizalarni tahrirlash uchun 23 avgust kuni soat 18:00 ga qadar so‘nggi imkoniyat beriladi.
Ushbu muddatdan so‘ng tahrirlashga yo‘l qo‘yilmaydi va kamchiliklar bartaraf etilmagan arizalar ko‘rib chiqilmaydi.
Ro‘yxatdan o‘tgan barcha talabalardan o‘zlarining shaxsiy kabinetlariga kirib, arizalarining ko‘rib chiqilish holatini doimiy kuzatib borishlari so‘raladi.