Andijon viloyatida investitsiya loyihalarini amalga oshirish, yangi ish o‘rinlari yaratish, eksportni rivojlantirish, to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb qilish, aholi daromadini oshirish, shuningdek, viloyat iqtisodiyotini yanada yuksaltirish yo‘lidagi samarali mehnatlari bilan o‘rnak bo‘layotganligi hamda “Tadbirkorlar kuni” munosabati bilan bir guruh tadbirkorlar taqdirlandi.
Tadbirda viloyat hokimi Shuhratbek Abdurahmonov ishtirok etib, 6 nafar tadbirkorga "Faol tadbirkor" ko‘krak nishonini topshirdi.
Ko‘krak nishoniga “Oliy standart tex” MChJ rahbari Muslimbek Abduvosipov, “Asaka tekstil” MChJ rahbari Xamdambek Abdullayev, Sayyora favvorasi” MChJ rahbari Botirjon Qodirov, “Nil-granit” MChJ rahbari Baxtiyorjon To‘lqinov, “Skorton tekstil” MChJ rahbari Azizbek Shaxabaliyev hamda “Liderlar maktabi” NTM rahbari Muhayyo Shodmonaliyevalar munosib ko‘rildi.