Apple sentabrda 7 ta yangi gadjetni taqdim etadi

Fan-texnika 17:22 / 21.08.2022 42384

Ma’lumotlariga ko‘ra, ikki yarim haftadan so‘ng amerikaliklar iPhone 14 smartfonining to‘rtta versiyasini, shuningdek, iPad planshetining uchta versiyasini namoyish qilishadi.

Gajyetlarning to‘liq ro‘yxati quyidagicha:

- iPhone 14
- iPhone 14 mini
- iPhone 14 Pro
- iPhone 14 Pro Max
- iPad 10.2 (10-avlod)
- iPad Pro 12.9 (6-avlod)
- iPad Pro 11 (4-avlod)

iPhone 14 smartfonining asosiy versiyasi narxi 799 dollarni tashkil qiladi. Avvalgi avlod smartfoni narxi ham xuddi shunday edi. Taxminlarga ko‘ra, kompaniya yangi modelga bo‘lgan talabni yanada kuchaytirish uchun qurilma narxini oshirmoqchi emas.

Shu bilan birga, Apple yangi smartfonlarning Pro-versiyalari (iPhone 14 Pro va iPhone 14 Pro Max) narxini ko‘taradi. Bunga nisbatan kattaroq sig‘imli flesh-xotira qo‘yilishi sabab bo‘lgan. iPhone 13 Pro va iPhone 13 Pro Max modellarining asosiy versiyalari 128 Gb flesh-xotira bilan jihozlangan bo‘lsa, 14-seriyadagi dastlabki Pro-qurilmalar esa 256 Gb xotiraga ega bo‘ladi. 

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, yangi iPhone 14 Pro va iPhone 14 Pro Max mos ravishda 1099 va 1199 dollar turadi. Bu esa avvalgi avlod modellariga nisbatan 10 foiz qimmatroqdir.

Ko‘proq yangiliklar: