V Islom birdamligi o‘yinlari g‘oliblari 5 ming dollargacha mukofotlanadi

Sport 07:37 / 19.08.2022 8018

“Konya shahrida (Turkiya) bo‘lib o‘tgan V Islom birdamligi o‘yinlarida g‘olib va sovrindor bo‘lgan sportchilar hamda ular trenerlarini bir martalik pul mukofotlari bilan rag‘batlantirish to‘g‘risida“gi prezident qarori qabul qilindi.
 
V Islom birdamligi o‘yinlarida g‘olib va sovrindor bo‘lgan sportchilar:

  • oltin medal uchun – 5 ming dollar;
  • kumush medal uchun – 3 ming dollar;
  • bronza medal uchun – 2 ming dollar;

Sportchilarni tayyorlagan trenerlar:

  • oltin medal uchun – 2,5 ming dollar;
  • kumush medal uchun – 1,5 ming dollar;
  • bronza medal uchun – 1 ming dollar miqdorida har bir medal uchun bir martalik mablag‘lar bilan mukofotlanadi.

Ma’lumot uchun, Islom birdamligi o‘yinlarida O‘zbekiston 158 ta medal bilan umumjamoa hisobida 2-o‘rinni egalladi.

Ko‘proq yangiliklar: