Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoy Rossiyadagi harbiy mashg‘ulotlarda ishtirok etadi
«Vostok-2022» mashqlari 30 avgustdan 5 sentabrgacha bo‘lib o‘tadi. Xitoyda ta’kidlanishicha, uning mashg‘ulotlardagi ishtiroki «hozirgi xalqaro va mintaqaviy vaziyat bilan» bog‘liq emas.

Foto: Picture Alliance
Xitoy 30 avgustdan 5 sentabrgacha bo‘lib o‘tadigan «Vostok-2022» strategik harbiy mashg‘ulotlarida ishtirok etish uchun o‘z askarlarini Rossiyaga yuboradi. «Xitoyning ishtiroki qatnashadigan davlatlar o‘rtasida strategik muvofiqlashtirishni kuchaytirish va xavfsizlikka tahdidlarga javob berish qobiliyatini kuchaytirishga qaratilgan», — deb xabar berdi 18 avgust, payshanba kuni XXR Mudofaa vazirligi.
Xabarda qayd etilishicha, «mashqlar joriy xalqaro va mintaqaviy vaziyat bilan bog‘liq emas». «Vostok-2022» mashg‘ulotlarida Xitoy va Rossiyadan tashqari Hindiston, Belarus, Tojikiston va Mo‘g‘uliston harbiy xizmatchilari ishtirok etadi.
G‘arb davlatlari Xitoy va Hindistonni Rossiyaning Ukrainadagi agressiyasi fonida Rossiyaga diplomatik yordam ko‘rsatayotganlikda ayblamoqda. XXR va Hindiston Kremlning harakatlarini qoralashdan bosh tortdi.
May oyida Rossiya va Xitoy Yaponiya hamda Janubiy Koreya yaqinida bombardimonchi samolyotlar ishtirokida qo‘shma mashg‘ulotlar o‘tkazgan edi. O‘shanda AQSh prezidenti Jo Bayden Tokioda bo‘lib, Hindiston, Avstraliya va Yaponiya hukumat rahbarlari bilan mintaqaviy xavfsizlik masalalari yuzasidan uchrashgan.
Tavsiya etamiz
Navbatdagi cho‘pchak: O‘zbekistonda kriptovaluta “qazib oluvchi” uskuna ijarasidan daromad olish taklif etilmoqda
Jamiyat | 20:37 / 14.07.2025
Toshkentda piyodalarga yo‘l bermagan haydovchilarni qayd etuvchi kameralar ishga tushirildi
Jamiyat | 17:45 / 14.07.2025
Toshkentda YPX xodimi xizmat mashinasida mototsiklchi bilan poyga o‘ynadi
O‘zbekiston | 17:53 / 12.07.2025
Jar yoqasidagi soha: Muammolar ko‘rsatildi, vazirlar esa jim
O‘zbekiston | 16:43 / 12.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Yevroittifoq yetakchilari Pashinyanni qo‘llab-quvvatlashga va’da berdi
Jahon | 08:49
-
Kaya Kallas AQShdan Ukrainaga yordam yukini bo‘lishishni so‘radi
Jahon | 08:38
-
YeI Rossiyaning xorijdagi beqarorlashtiruvchi harakatlari uchun sanksiyalar kiritdi
Jahon | 08:34
-
Rossiya dronlarining Xarkivga hujumida kamida 3 kishi jabrlandi
Jahon | 08:15
Mavzuga oid

08:40 / 13.05.2025
Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkiloti MH17 halokati uchun Rossiyani javobgar deb topdi

17:02 / 12.05.2025
Rossiyada xorijliklarga tibbiy yordam ko‘rsatish tartibi o‘zgaradi

14:54 / 12.05.2025
Rossiya TIV: Avval Istanbuldagi muzokaralar, keyin - sulh mavzusi

13:00 / 12.05.2025