Bu haqda xabar bergan Uzbekistan Airports matbuot xizmati ayni masalada yo‘lovchilardan ko‘plab murojaatlar tushganini qayd etgan.
“Yo‘lovchilar ayrim hollarda terminallarda adashtirib noto‘g‘ri terminalga kelishadi. Shahardagi terminallar orasidagi masofa taxminan 4 km. Tezkor usul – taksidan foydalanish, ammo taksi narxi har doim ham barcha toifadagi fuqarolar uchun maqbul emas”, – deyiladi xabarda.
Ma’lum qilinishicha, terminallararo avtobus har soatda, jadvalga muvofiq harakatlanadi.
Avtobus xalqaro aviaqatnovlar terminalida jo‘nab ketish zali yonidagi to‘xtash joyida, avtobuslar uchun ajratilgan yo‘lak bo‘ylab harakatlanadi. Mahalliy terminalda esa kirish eshigi yonigacha boradi.
Avtobus xizmatlaridan hamma barcha xohlovchilar mutlaqo bepul foydalanishi mumkin, deyiladi rasmiy relizda.