Farg‘ona viloyati IIB Bog‘dod tumanida ikki kishining pichoqlangani aytilgan xabarlarga rasmiy munosabat bildirdi.
Ma’lum qilinishicha, joriy yilning 17 avgust kuni fuqaro X.A.o‘ziga tegishli Bag‘dod tumani “Mirzabod” MFY hududida joylashgan go‘sht do‘koni oldida fuqarolar A.T. va Sh.T. bilan o‘zaro gap talashib, janjallashib ketgan.
Janjal davomida X.A. fuqarolar A.T. va Sh.T.larga go‘sht do‘konidan olgan pichoq bilan tan jarohati yetkazgan. Tuman tibbiyot bo‘limining dastlabki ma’lumotiga ko‘ra, Sh.T.ga yetkazilgan og‘ir tan jarohati oqibatida u tibbiyot bo‘limida vafot etgan. Fuqaro A.T. esa yengil tan jarohati olib, shifoxonada davolanmoqda.
Hozirda mazkur holat yuzasidan Bag‘dod tumani IIB huzuridagi tergov bo‘linmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 104-moddasi 3-qismi «d» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda. Gumondor shaxs ushlangan.