Toshkent aeroportiga bagaj uchun yangi yuk aravachalari keldi
Toshkent xalqaro aeroporti Germaniyaning Wanzl kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan 1000 ta yangi bagaj aravalarini qabul qilib oldi.

Foto: Uzbekistan Airports
Uzbekistan Airports xabariga ko‘ra, bugungi kunda uchib ketish va uchib kelish zallariga kerakli miqdorda yuk aravachalari yetkazilgan.
Bir oy oldin Toshkent aeroportida yuk aravachalari bilan bog‘liq qiyin vaziyat yuzaga kelgan edi.
“Abadiya Trade xususiy korxonasi oldindan ogohlantirmasdan va shartnoma shartlarini buzgan holda ushbu xizmatni ko‘rsatishdan bosh tortgan va barcha yuk aravachalarini olib ketgan”, deyiladi xabarda.
Qayd etilishicha, Uzbekistan Airports boshqaruv kompaniyasi mintaqaviy aeroportlardan bir qancha yuk aravachalarini Toshkentga olib kelishga, qisqa vaqt ichida mahalliy ishlab chiqaruvchidan aravachalar partiyasiga buyurtma berishga majbur bo‘lgan.
Ayni paytda «Toshkent» aeroporti o‘z bagaj aravachalari bilan to‘liq ta’minlangan. Yaqin kunlarda barcha hududiy aeroportlarga yangi xizmat ko‘rsatish aravachalari keltirilishi aytilgan.
Mavzuga oid

10:27 / 10.03.2025
Germaniyaning 13 ta aeroportida ish tashlash boshlandi

20:44 / 09.03.2025
Hamburg aeroporti ish tashlashlar sabab butunlay faoliyatini to‘xtatib qo‘ydi

17:10 / 07.03.2025
Olmaotada erkak pichoq bilan aeroport xodimiga tashlandi. Uni tanishini kuzatgani kelgan shaxs zararsizlantirdi

23:43 / 27.02.2025