“O‘zim oddiy quruvchiman. Topganim ro‘zg‘orga arang yetadi, operatsiya to‘lovi tugul dori darmonlariga ham yetkaza olmayman. Hech kimning bolasi kasal bo‘lmasin ekan” – deydi ota iztirob bilan.
“Farzandlarimsiz hayotimni tasavvur qila olmayman. Bir emas, ikkisi og‘ir kasallikka chalinsa qiyin bo‘larkan. Qizim Zulfiya 14 yoshda, tengdoshlaridan orqada qolib ketdi, maktabga bormaydi. O‘g‘lim O‘rol 26 yoshda, uylangan, farzandi ham bor. Ikkoviyam doimiy gemodializ bilan jon saqlab turishibdi. Biriga dadasi, biriga ammasi donor bo‘lishga tayyor. Men jonimni ham berardim, lekin buyragim bularga to‘g‘ri kelmadi. Bolalarim chekayotgan azoblarni ko‘rib hech joyga sig‘may ketaman. Qo‘li kaltalik qursin” – yig‘laydi onaizor.
Bemor O‘rol Abdurahmonovning ko‘z yoshlari esa har qanday insonning qalbini titratadi:
“Allohning sinovi ekan bu. Men tengilar ishlab, ota-onasining xizmatini qilib yuribdi. Men esa kasalligim bilan ularga tashvish bo‘lyapman. O‘zimning og‘riqlarim mayli edi, singlimning azoblanganiga chiday olmayman. Bechora kechalari uxlolmay o‘tirib chiqadi. Jon jigaringning qiynalgani oldida o‘zingning muammong ham ko‘rinmay qolarkan” – deydi aka.
Azizlar! Bu oilaning boshiga tushgan sinov juda murakkabligi tufayli yurtdoshlarimizdan yordam kutishmoqda. Ko‘pning ko‘magi bilan ular darddan forig‘ bo‘lishlari va butun umr duo qilib o‘tishlari mumkin.
Zarur ma’lumotlar:
O‘zKard, O‘rol Abdurahmonov: 8600 0610 2590 6420
Humo, onasi Zulfiya Abdurahmonova: 9860 0825 4814 5703
Oila manzili: Surxondaryo viloyati, Angor tumani, Madaniyat mahallasi, Qo‘rg‘on ko‘chasi 66-uy.