Toshkent viloyatida yangi temiryo‘l ko‘prigi qurilishi boshlandi. U poytaxtga kirishdagi tirbandliklarni bartaraf etadi

O‘zbekiston 10:45 / 16.08.2022 9301

Zangiota tumanidagi Nazarbek shaharchasi hududidan o‘tgan temiryo‘l va avtomobil yo‘llari kesishmasida yangi yo‘l o‘tkazgich – ko‘prik qurilishi boshlandi.

4R253 avtomobil yo‘li bilan kesishgan temiryo‘ldan har kuni yuk poyezdlari o‘tadi. Poyezd qatnovi tufayli avtomobil yo‘li shlagbaum bilan yopiladi, yo‘llar to‘siladi. Ba’zida manyovr teplovozi yo‘lni almashtirib olishi uchun yo‘l 10 daqiqaga to‘sib qo‘yiladi. Ertalab va kechqurun yo‘l yopilishi oqibatida Toshkentga ishga kelayotgan va ishdan qaytayotgan aholi transportidan iborat tirbandlik hosil bo‘ladi.

Loyiha doirasida quyidagi ishlar amalga oshirilishi rejalashtirildi:

  • birinchi – umumiy uzunligi 398 metr, kengligi 22 metr, ko‘prikosti balandligi esa 7 metr bo‘lgan tonnel tipidagi yo‘l o‘tkazgich qurilishi amalga oshirish;
  • ikkinchi – tonnel ustidan o‘tuvchi 3 izli uzunligi 32,25 metr, kengligi 18,5 metrli sxemasi 2x13 bo‘lgan temiryo‘l ko‘prigi qurish;
  • uchinchi – 28 metr uzunlikda hamda 12,5 metr kenglikdagi avtomobil yo‘li ko‘prigi qurilish loyihasi.

Ayni paytda yerosti yo‘l o‘tkazgichi poydevorida qurilish ishlari tugatilib, loyiha doirasida navbatdagi ishlar bajarilmoqda. Bugungi kungacha loyiha doirasida geodeziya ishlari amalga oshirilib, qurilish hududiga tushgan kommunikatsiyalarni ko‘chirish hamda vaqtinchalik temiryo‘l izini qurish ishlari olib borilmoqda. Obekt tonnel qismida poydevor qazish ishlari 25 ming kub metr (24 foiz) bajarilib, poydevorlar betonlandi. 94 dona temir-beton bloklari montaj qilinib, poydevor qismi bilan biriktirish ishlari olib borilmoqda. 

2023 yilda yakunlanishi rejalashtirilayotgan ushbu zamonaviy ko‘prik foydalanishga topshirilgach 32 mingdan ziyod mahalliy aholi va ushbu yo‘ldan o‘tib qaytayotgan boshqa haydovchilar vaqti tejaladi, avtomobillar tirbandligi hosil bo‘lmaydi.

Ko‘proq yangiliklar: