Tender savdolarida 2,5 mingdan ortiq raqobatga zid holat aniqlandi 

O‘zbekiston 15:14 / 15.08.2022 6569

AOKAda o‘tkazilgan brifingda Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi boshqarma boshlig‘i Mirzohid Komilov davlat xaridlarini yanada liberallashtirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan ma’lumot berdi.

Aniqlangan qonunbuzilishlari quyidagilardan iborat:

  • savdolar o‘tkazish qonunchilikda belgilangan tartibini buzish – 823 ta holat;
  • ishtirokchilar o‘rtasida affillanganlik (ishtirokchilar o‘zaro kelishib olgan holda raqobat muhitiga ta’sir etishi) – 419 ta   holat; 
  • buyurtmachi va ishtirokchi o‘rtasida manfaatlar to‘qnashuvi – 139 ta holat; 
  • buyurtmachi va ishtirokchi o‘rtasidagi kelishib olingan harakatlar – 130 ta holat. 

Qo‘mita va hududiy boshqarmalarga yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan davlat xaridlari sohasida 101 ta murojaat kelib tushgan. Murojaatlar asosida o‘tkazilgan tahlil natijasida 67 ta tanlov (tender) savdoda 92 ta raqobatga zid holat aniqlangan.

Ko‘proq yangiliklar: