Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Profilaktika inspektorlariga ekologik huquqbuzarlarni javobgarlikka tortish vakolati berildi
Endilikda profilaktika inspektorlari ekologik huquqbuzarliklar va brakonerlik holatlari bo‘yicha bevosita o‘zlari ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirishlari mumkin. Profilaktika inspektorlari, PPX va Milliy gvardiya xodimlari yozgan ekologik huquqbuzarliklar bo‘yicha jarimalarning 30 foizi ularning o‘zlariga pul mukofoti qilib beriladi.

Foto: Kun.uz
“Chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni tashkil etish tizimini isloh qilish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi prezident farmoni qabul qilindi.
Unga ko‘ra, ichki ishlar organlari tayanch punkti profilaktika (katta) inspektorlariga mahallalarda ekologik nazoratni amalga oshirish bo‘yicha quyidagi vazifa va vakolatlarni berish orqali “Ekologik patrul” ishlash tizimi kengaytiriladi:
- mahallalarda ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiatdan foydalanishga doir huquqbuzarliklar profilaktikasini amalga oshirish, brakonerlikka qarshi kurashish;
- ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiatdan foydalanishga doir huquqbuzarliklar hamda brakonerlikka qarshi kurashish bo‘yicha bevosita ma’muriy javobgarlikka tortish va tergovga qadar tekshiruvni amalga oshirish.
Ekologik nazorat jamoatchi inspektorlari ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonunchilik talablarini buzganlik holatlarini aniqlashi va zarur choralar ko‘rishi natijalariga ko‘ra pul mukofotlari bilan rag‘batlantiriladi.
Ichki ishlar organlari tayanch punkti profilaktika (katta) inspektorlari, patrul-post xizmati xodimlari va Milliy gvardiya harbiy xizmatchilari (xodimlari) ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi huquqbuzarliklar bo‘yicha ma’muriy javobgarlikka tortish choralari ko‘rilishi natijasida jarima sifatida undirilgan mablag‘lar 30 foizi miqdordagi pul mukofoti bilan rag‘batlantiriladi.
Ekologik nazorat jamoatchi inspektorlariga Davlat qo‘mitasi tomonidan yuritiladigan “Yashil makon” va boshqa platformalardan foydalanish imkoniyati yaratiladi.
Tavsiya etamiz
Navbatdagi cho‘pchak: O‘zbekistonda kriptovaluta “qazib oluvchi” uskuna ijarasidan daromad olish taklif etilmoqda
Jamiyat | 20:37 / 14.07.2025
„Uchastkavoy“ prezident bilan uchrashuvda kapitanga aylandi
O‘zbekiston | 15:27 / 11.07.2025
Tramp: NATO Ukraina uchun AQShdan qurol sotib oladi
Jahon | 11:21 / 11.07.2025
Eldor Shomurodov Turkiya klubiga o‘tdi
Sport | 11:12 / 11.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
«Tashabbusli budjet» jarayonlarining 2-mavsumi boshlandi
O‘zbekiston | 01:06
-
«Ruslar qandaydir tarixchi bilan keldi». NATO bosh kotibi Istanbuldagi Rossiya delegatsiyasi tarkibini tanqid qildi
Jahon | 00:58
-
Trampning «katta chiqishi»: hammasi o‘zgarishi mumkin
Jahon | 23:54 / 14.07.2025
-
Avstarliyada syorfer yigit bir kecha okeanda qolib ketdi
Jahon | 23:51 / 14.07.2025
Mavzuga oid

20:39 / 02.07.2025
Xo‘jaobodda qotillik qurboni bo‘lgan profilaktika inspektori so‘nggi manzilga davlat madhiyasi sadolari ostida kuzatildi

15:11 / 28.06.2025
Toshkentda profilaktika inspektoriga pichoq bilan hujum qilgan shaxs ushlandi

09:33 / 15.06.2025
Qashqadaryoda o‘zini profilaktika inspektori deb tanishtirib, fuqarodan pul olayotgan shaxs ushlandi

23:40 / 31.03.2025