O‘zbekistonga xorijdan deyarli 500 mln dollarlik yengil avtomobillar olib kelindi

O‘zbekiston 13:51 / 15.08.2022 5045

Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, yengil avtomobillar importi o‘tgan yil mos davri bilan solishtirilganda 6750 taga oshgan.

2022 yil yanvar-iyul oylarida O‘zbekiston 25 ta xorijiy davlatlardan yengil avtomobillar import qilgan. 

7 oyda O‘zbekiston yengil avtomobillarni eng ko‘p import qilgan davlatlar: 

  • Xitoy – 7950 ta;
  • Koreya – 5658 ta;
  • Qozog‘iston – 3422 ta;
  • Rossiya – 1283 ta;
  • AQSh – 204 ta;
  • BAA – 95 ta;
  • Yaponiya – 78 ta;
  • Germaniya – 53 ta.
Ko‘proq yangiliklar: