Haydovchilikka nomzodlarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish tartibiga o‘zgartirish kiritiladi

O‘zbekiston 08:07 / 15.08.2022 6314

Hujjat loyihasiga ko‘ra, haydovchi va haydovchilikka nomzodlarni transport vositalarini boshqarishga yaroqliligini tekshirish uchun tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish bo‘yicha davlat davolash-profilaktika muassasalariga berilgan eksklyuziv huquqlarni bekor qilish hamda 2021 yil 1 yanvardan boshlab davlat organlari, xo‘jalik birlashmalari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va davlat tashkilotlari tomonidan aholidan, tadbirkorlik sub’yektlaridan qator hujjatlarni talab qilish bekor qilingan.

Ular orasida tadbirkorlik sub’yekti davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgani to‘g‘risida ma’lumot, litsenziya, ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat va xabarnoma qabul qilingani to‘g‘risida tasdiqnoma, davlat boji, yig‘imlar va boshqa to‘lovlar to‘langani, qimmatli qog‘ozlarga egaligi, kam ta’minlangan oila sifatida ro‘yxatga olingani, alimentlar to‘langani va olingani, oliy ma’lumot to‘g‘risidagi diplom, jismoniy shaxs tomonidan o‘rta maxsus, professional ta’lim muassasasi tugatilgani, jismoniy shaxs tomonidan umumiy o‘rta ta’lim muassasasi tugatilgani, fuqaro «Yoshlar daftari» yoki «Ayollar daftari»da mavjudligi, o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar to‘g‘risida ma’lumot, OTMga o‘qishga kirish uchun imtiyozga ega bo‘lgan abituriyentlar imtiyoz huquqini tasdiqlovchi hujjat kabilar bor.

Qaror loyihasi bilan ushbu huquqlar xususiy tibbiy tashkilotlarga ham berilmoqda.

2021 yil 1 iyundan boshlab davlat organlari, xo‘jalik birlashmalari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, davlat tashkilotlari va muassasalari tomonidan aholidan, tadbirkorlik sub’yektlaridan ruhiy kasalliklar bo‘yicha dispanser hisobida turishi yoki turmasligi va narkologiya bo‘yicha dispanser hisobida turishi yoki turmasligi bo‘yicha hujjat talab qilish bekor qilingan.

Vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralar tomonidan qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarni huquqiy ekspertizadan va davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risidagi nizomga asosan qonun hujjatlari o‘zgargan taqdirda vazirliklar va idoralar davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan o‘z normativ hujjatlarini qonun hujjatlariga muvofiqlashtirishi hamda huquqiy ekspertizadan va davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalarni Adliya vazirligiga taqdim etilishi lozimligi ko‘rsatilgan.

Ko‘proq yangiliklar: