Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan, o‘zbekistonliklar uchun Koreyaga borishda viza rejimi bekor bo‘lishi haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi.
Ta’kidlanishicha, ayrim Telegram kanallarda shu mazmundagi xabarlar paydo bo‘lmoqda. Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi bloger va internet faollaridan bunday asossiz xabarlarni tarqatmaslikni so‘rab, vazirlik logotiplari tushirilgan rasmlardan foydalanmaslikni maslahat berdi.
Avvalroq Davlat statistika qo‘mitasi 2022 yilning 1 iyul holatiga 2,1 million O‘zbekiston fuqarosi turistik maqsadlarda xorijga safar qilganini bildirgandi. Shulardan 6 ming nafari Janubiy Koreyaga sayohat qilgan.