Tokioga Meari tayfuni yaqinlashgani sababli 72 ming kishi evakuatsiya qilinadi

Jahon 18:59 / 13.08.2022 8042

Yaponiyaning Tokio shahriga Meari tayfuni yaqinlashgani sababli 200dan ortiq aviareyslar bekor qilindi.

Sohil yaqinidagi Sidzuoka prefekturasidan 72 mingdan ortiq odam evakuatsiya qilinadi.

Tayfun sababli Yaponiyadagi eng yirik Rock in Japan musiqa festivalining yakuniy tadbiri o‘tkazilmaydigan bo‘ldi. Shuningdek, qator prefekturalar o‘rtasidagi paromlar harakati to‘xtatildi.

Meari tayfuni Yaponiya janubida juma kuni paydo bo‘ldi. Tayfun markazida shamol tezligi soniyasiga 20 metrni tashkil etadi.

Ko‘proq yangiliklar: