Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qozog‘istonda Markaziy Osiyodagi eng katta masjid ochildi (foto+video)
Nur-Sulton shahrida qad rostlagan Qozog‘iston bosh masjidi 10 gektar maydonni egallaydi hamda bir vaqtning o‘zida 235 ming namozxonni sig‘dira oladi.


12 avgust kuni Qozog‘iston poytaxti Nur-Sulton shahrida Markaziy Osiyodagi eng katta masjid ochildi.
Ochilish marosimida mamlakat birinchi prezidenti Nursulton Nazarboyev, Qozog‘iston muftiysi qo‘shni davlatlar diniy ulamolari, shuningdek O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Nuriddin Xoliqnazarov ham qatnashdi.


Masjid binosi joylashgan hudud 10 gektarni tashkil qiladi. Asosiy gumbazning balandligi 83,2 metr, diametri 62 metr. Masjid 4 ta minorasining har biri 130 metr uzunlikda.



Masjid ichiga to‘shalgan 15,5 ming kv/metrlik gilam dunyodagi eng katta qo‘l mehnati bilan tikilgan gilam hisoblanadi.

Masjidning ichki qismiga bir vaqtning o‘zida 35 ming namozxon sig‘adi. Shuningdek, masjidda o‘quv xonalari, konferensiyalar zali, Qur’on o‘qish xonasi, nikoh o‘qish uchun xona, telestudiya, muzey hamda administrativ xonalar mavjud.



Bundan tashqari, masjidning pastki qismida 440 kishiga mo‘ljallangan ziyofatlar uchun zal, 400 o‘rindan ortiq yopiq avtomobil qo‘yish joyi hamda qurbonlik qilish uchun xonalar mavjud.




Qozog‘iston musulmonlari idorasiga ko‘ra masjidning umumiy sig‘imi 235 ming kishilik. Undan 35 ming kishi masjidning ichida (5 ming nafar ayollar uchun alohida xona), 170 ming kishi esa bir vaqtning o‘zida masjid hovlisiga sig‘adi.



Ma’lum qilinishicha, Qozog‘istonning bosh masjidi sig‘imi bo‘yicha dunyodagi eng katta masjidlari o‘nligiga kirgan.
Tavsiya etamiz
20 iyuldan boshlab 1-2 kunga xorijga chiqqanlar O‘zbekistonga bojsiz tovar olib kirolmaydi
Iqtisodiyot | 19:31 / 15.07.2025
Bolalarni itdek vovullatgan «defektolog»ga yangi jinoiy ish ochildi
Jamiyat | 18:06 / 15.07.2025
Etihad Airways O‘zbekistonga parvozlarni yo‘lga qo‘yadi
O‘zbekiston | 15:18 / 15.07.2025
Bank kartalardan 1 mlrd so‘mga yaqin pullarni o‘zlashtirgan jinoiy guruh qo‘lga olindi
Jamiyat | 21:42 / 14.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
«Barselona» dunyoning eng qashshoq davlatidan 44 million yevro oladi
Sport | 23:49 / 16.07.2025
-
AQSh xavotirda: BRICS G‘arb gegemoniyasini yiqitadimi?
Jahon | 23:14 / 16.07.2025
-
Ko‘kdaladagi portlash, Qoraqalpog‘istonda anomal harorat va Mirobodda ushlangan podpolkovnik – mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 23:06 / 16.07.2025
-
Germaniyani jahon chempioni qilgan murabbiy O‘zbekiston bilan ishlashi mumkin
Sport | 22:44 / 16.07.2025
Mavzuga oid

22:15 / 16.07.2025
Qozog‘istonda kelin o‘g‘irlaganlik uchun jinoiy javobgarlik joriy qilindi

18:56 / 15.07.2025
Qozog‘istonning FlyArystan aviakompaniyasi Toshkentga yangi qatnovni yo‘lga qo‘ydi

18:21 / 14.07.2025
Qozog‘istonda dunyodagi eng qimmat metall qazib olinadi

20:30 / 10.07.2025