Toshkentda undirilgan pullarni o‘zlashtirgan shirkat rahbari aniqlandi
Mirzo Ulug‘bek tumanida kommunal to‘lovlar uchun undirilgan pullarni o‘zlashtirgan shirkat rahbari aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar bermoqda.

Foto: Kun.uz
Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Mirzo Ulug‘bek tuman bo‘limi tomonidan fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilish yuzasidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilgan.
Unda, “O.B.” xususiy uy-joy mulkdorlari shirkati rahbari B.X. xonadon egalaridan kommunal to‘lovlari uchun undirilgan jami 350,6 mln so‘mni bank kassasiga kirim qilmasdan, o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilgani aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksi 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Hozirgi vaqtda tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Mavzuga oid

14:59 / 06.01.2025
O‘zbekiston 2025 yilda 43 mlrd dollarlik investitsiyalarni o‘zlashtirishni rejalashtiryapti

12:07 / 15.07.2024
Toshkentda uylarga xizmat ko‘rsatuvchi shirkat elektrdan noqonuniy foydalangani aniqlandi

07:50 / 15.03.2024
Toshkentda soxta havola jo‘natib, 61 mln so‘mni o‘zlashtirgan shaxslar aniqlandi

07:40 / 14.11.2023