O‘zbekistonda kiberxavfsizlik bo‘yicha turnir bo‘lib o‘tadi

O‘zbekiston 12:32 / 08.08.2022 1774

Tadbir Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi va Central Asia Distribution ko‘magida IT-park, Cisco va Beeline Uzbekistan tomonidan tashkil etiladi.

Tadbir mamlakat yoshlarining axborot xavfsizligiga qiziqishini oshirish, ushbu yo‘nalish bo‘yicha ko‘nikma va salohiyatni shakllantirishga qaratilgan.

Turnir dasturi bir kunga mo‘ljallangan bo‘lib, 4 ta laboratoriya ishlarini o‘z ichiga oladi. Ishtirok etish shartlari:

  • jamoa ikki kishidan iborat bo‘lishi kerak;
  • guruh a’zolaridan biri «ulanish nuqtasi» funksiyasi va efir diapazonini boshqarish imkoniyati mavjud Android telefoniga ega bo‘lishi tavsiya etiladi;
  • Ubuntu virtual mashinasi o‘rnatilgan noutbuk (18.10 versiyasidan boshlab ulab olish va inʼeksiya qilish uchun mos Wi-Fi adapteri bilan);
  • tashqi adapterni ulash uchun USB portli noutbuk.

Musobaqa yakunida ishtirokchilar qimmatbaho sovg‘alar (texnika) bilan taqdirlanadi. Hujjatlar 7 avgustgacha qabul qilinadi, ishtirokchilar saralash bosqichidan o‘tish uchun arizani to‘ldirishda test sinovidan o‘tkaziladi.

Ko‘proq yangiliklar: