5 yil stajga ega xodimlarini oliy ta’limga tavsiya etish huquqi berilgan tashkilotlar ro‘yxati tasdiqlandi
Yangi o‘quv yili uchun iqtisodiyot tarmoqlarida kamida 5 yil ish stajiga ega fuqarolarni sirtqi va kechki ta’lim shakliga o‘qishga tavsiya etish huquqiga ega vazirlik, idora va yirik xo‘jalik birlashmalarining ro‘yxati tasdiqlandi.
Tavsiya etilgan fuqarolar suhbat natijalariga ko‘ra, tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilinishi mumkin. Bu haqda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi ma’lum qildi.
Ro‘yxatda xodimlarini o‘qishga tavsiya etish huquqi berilgan jami 86 ta tashkilotni ko‘rish mumkin.
Bunda, ro‘yxatda keltirilgan tashkilotlar tavsiyanomasiga ega bo‘lgan talabgorlar 2022 yil 8 avgustdan 22 avgustgacha (shu kuni ham) Davlat test markazi maxsus elektron tizimi orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tkaziladi.
Mavzuga oid

09:21 / 10.03.2025
Xitoy O‘zbekistonda ta’lim va kasbga tayyorlash o‘quv markazini ochadi

17:56 / 22.02.2025
Oilaning ijtimoiy-iqtisodiy holati o‘quvchi ta’limiga qanday ta’sir qiladi?

16:49 / 15.02.2025
Ta’lim olish sog‘liq uchun foydali ekani isbotlandi

13:05 / 13.02.2025