Bosh prokuratura huzuridagi departamentning xabar berishicha, departamentning Surxondaryo viloyat boshqarmasi tomonidan tadbirkorlik sub’yektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilgan.
Tadbirda, “Ipoteka-bank” ATIB viloyat filialining shu’ba mudiri X.T. “L.S.” MChJga qarashli Sho‘rchi tumanidagi ishlab chiqarish sexi binosini ta’mirlash uchun 500 million so‘m kredit ajratib berish evaziga 10 million so‘m olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Qayd etilishicha, mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Avvalroq, Surxondaryoda qalbaki kvitansiya bilan fuqaroning pulini o‘zlashtirgan bank xodimiga jinoyat ishi qo‘zg‘atilgandi.