Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Vazir: “O‘zbekiston 2026 yilda TOP-50 innovatsion davlatlar qatoriga kirishi maqsad qilingan”
2022-2026 yillarga mo‘ljallangan O‘zbekistonning innovatsion rivojlanish strategiyasida mamlakatning TOP-50 innovatsion davlatlar qatoriga kirishi asosiy maqsad qilib olingan.

Foto: AOKA
Bugun, 5 avgust kuni 2022-2026 yillarda O‘zbekistonning innovatsion rivojlanish strategiyasiga bag‘ishlangan matbuot anjumani o‘tkazildi. Unda innovatsion rivojlanish vaziri Ibrohim Abdurahmonov taqdim etilayotgan strategiya bo‘yicha bajariladigan ishlar haqida ma’lumot berdi.
Tadbirda aytilishicha, ishlab chiqilgan yangi strategiyada O‘zbekiston 2026 yilda TOP-50 innovatsion davlatlar qatoridan joy egallashi asosiy maqsad etib belgilangan. Shuningdek, hududlarda 224 ta, tarmoqlarda 441 ta, oliygohlar va ilmiy tashkilotlarda 1 086 ta loyihani amalga oshirish rejalashtirilgan.
Vazir hozirga qadar bajarilgan ishlarga ham to‘xtaldi. Unga ko‘ra, hozir tarmoq va oliygoh/ilmiy tashkilotlar kesimida jami 1 751 ta innovatsion loyiha shakllantirilgan. Hududlar kesimida 2 507 ta ish o‘rni yaratiladigan 206 mlrd so‘mlik 224ta loyiha amalga oshirilmoqda.
Tarmoqlar kesimida ilmiy-innovatsion mahsulotlar ishlab chiqarilishi belgilangan 26 ta tarmoq tashkilotining 6,6 trln so‘mlik 265 ta loyihasi; iqtisodiyot tarmoqlarida amalga oshiriladigan 33 trln so‘mlik 176 turdagi innovatsion mahsulotlarni seriyalab ishlab chiqarish va texnologiyalar o‘zlashtirilishi nazarda tutilgan “drayver” loyihalar shakllantirilgani aytildi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonning innovatsion rivojlanish bo‘yicha 5 yillik strategiyasi o‘tgan oyda prezident farmoni bilan tasdiqlandi.
Mavzuga oid

20:53 / 01.07.2025
«Universitet – laboratoriya – korxona – vazirlik» ekotizimi joriy etiladi

21:08 / 11.06.2025
Qoraqalpog‘istonni 2035 yilgacha rivojlantirish bo‘yicha strategiya ishlab chiqildi – Saida Mirziyoyeva

14:20 / 09.06.2025
Putin Rossiya flotini 2050 yilgacha rivojlantirish strategiyasini tasdiqladi

13:18 / 12.05.2025