Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qoraqalpog‘istonni 2035 yilgacha rivojlantirish bo‘yicha strategiya ishlab chiqildi – Saida Mirziyoyeva
O‘zbekiston prezidenti yordamchisi IV Toshkent xalqaro investitsiya forumida ishtirok etib, investorlarni Qoraqalpog‘istonga sarmoya kiritishga chaqirdi.

Foto: Telegram/Saida Mirziyoyeva
O‘zbekiston prezidenti yordamchisi Saida Mirziyoyeva IV Toshkent xalqaro investitsiya forumida ishtirok etdi va Qoraqalpog‘istonni 2035 yilgacha rivojlantirish bo‘yicha strategiya ishlab chiqilganini ma’lum qildi.
«Qoraqalpog‘istonning ravnaqi va mintaqa iqtisodiyotini mustahkamlash hamda bu og‘ir, ammo nihoyatda go‘zal hududda yashayotgan har bir insonning turmush sifatini yaxshilash — mamlakatimizning ustuvor maqsadlaridan biri.
IV Toshkent xalqaro investitsiya forumi doirasidagi bugungi sessiyada o‘tgan bir yil mobaynida ko‘plab muzokaralar olib borganimiz, aniq dasturlarni ishga tushirganimiz va ularni amalga oshirish uchun zarur mablag‘ ajratganimizni ta’kidladim. «Boston Consulting Group» kompaniyasi bilan hamkorlikda Qoraqalpog‘istonni 2035 yilgacha rivojlantirish bo‘yicha uzoq muddatli strategiyani ishlab chiqdik.
Qoraqalpog‘istonga kiritilayotgan sarmoyalar yangi ish o‘rinlari yaratishi, mahalliy tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlashi, yoshlarning kelajagini yanada yaxshilashi kerak. Investorlarni hududga tashrif buyurib, respublikaning ulkan salohiyatini o‘z ko‘zlari bilan ko‘rishga va keng imkoniyatlar ko‘lamini baholashga taklif qilaman!» deb yozdi Saida Mirziyoyeva.
Tavsiya etamiz
Yevropa Ittifoqining 18-sanksiyalar paketi Rossiyaga qanday ta’sir qiladi?
Jahon | 23:12 / 21.07.2025
Uy sotib olishda aldanib qolmaslik uchun nimalarga e’tibor qilish kerak?
Ko‘chmas mulk | 16:30 / 21.07.2025
Super-kontraktni bo‘lib-bo‘lib to‘lash mumkinmi?
Ta’lim | 11:29 / 21.07.2025
Davlat OTMga qabul kvotalari tasdiqlandi
Ta’lim | 11:09 / 21.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Isroil JSST omboriga hujum qildi: G‘azoda ommaviy o‘limlar xavfi kuchaymoqda
Jahon | 16:52
-
Namanganda sigir yosh bolani suzib, o‘ldirib qo‘yishiga sal qoldi
O‘zbekiston | 16:19
-
Angrenda 14 yoshli qizga jinsiy zo‘ravonlik bo‘lgani aytilmoqda
O‘zbekiston | 16:13
-
Bojni iste’molchi to‘lamoqda. Noqonuniy importga zarba iPhone narxlarini oshirdi
O‘zbekiston | 16:05
Mavzuga oid

18:08 / 16.07.2025
Qoraqalpog‘istonning yana ikkita tumanida jazirama tufayli bog‘chalar yopildi

20:03 / 07.07.2025
Saida Mirziyoyeva Zoyid nomidagi xalqaro mukofotning hakamlar hay’atiga kiritildi

12:18 / 04.07.2025
Zargarlik buyumlarini noqonuniy tarzda olib kirmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi

15:45 / 03.07.2025