Ajratilgan grantning umumiy qiymati 3,3 mlrd so‘m bo‘lib, universitetning birinchi o‘quv yili uchun 50% dan 100% gacha to‘lov shartnoma summasini qoplab beradi. Grantga quyidagi talablarga mos keluvchi barcha abituriyentlar ariza topshirishlari mumkin:
- Maktab yoki litsey (kollej)ni bitirgan bo‘lishi;
- Matematika imtihonidan 50 balldan yuqori to‘plagan bo‘lishi;
- Ehtiyojmand oila vakili bo‘lishi.
Shu bilan birga, abituriyentlardan IT sohasini o‘rganishga bo‘lgan ulkan qiziqish va ishtiyoq talab qilinadi. Imtihondan muvaffaqiyatli o‘tgan talabgorlarga oilasining moliyaviy ahvolidan kelib chiqqan holda grant ajratiladi.
Ushbu grant ajratilishida o‘z hissasini qo‘shgan kompaniyalardan biri Ekom.UZ brendi ostida faoliyat yurituvchi “ALEXOR-LINE” kompaniyasi bo‘lib, O‘zbekiston bozorida IT va kommutatsiya uskunalarining eng yirik rasmiy distribyutori va yetkazib beruvchisi hisoblanadi.
“MEGA MOTORS” kompaniyasi 2019 yilda tashkil etilgan. Ushbu kompaniya O‘zbekistondagi elektromobillar dileri bo‘lib, yuqori sifatli elektromobillar va ularning qo‘shimcha ehtiyot qismlarini sotish bilan shug‘ullanadi.
“SIFCO INTERNATIONAL” kompaniyalar guruhi 1993 yilda tashkil etilgan bo‘lib, Xitoy, Yevropa va MDH davlatlaridan turli tovarlarni yetkazib beruvchi va sotuvchilardan biri hisoblanadi. Kompaniya 29 yildan ortiq vaqt mobaynida O‘zbekiston bozorida har qanday turdagi tovarlarni deklaratsiyalash, bojxona va oddiy omborda saqlash va boshqa turdagi xizmatlarni taqdim etib keladi.
“MEGAVAN” 15 yil davomida O‘zbekiston bozorida turli loyihalarni o‘z vaqtida yetkazib berish, shuningdek, mahsulotlarining raqobatbardosh narxlari bilan o‘z o‘rnini topgan kompaniyalardan biridir.
“BALLOON BY MEGAVAN” yuk mashinalari, avtobuslar va maxsus jihozlar uchun disklar va shinalarni ulgurji sotish va xizmat ko‘rsatish bilan shug‘ullanib kelayotgan ilg‘or kompaniyalardan biri hisoblanadi.
“DECLAS” kompaniyasi import va eksport qilinadigan tovarlarning bojxona rasmiylashtiruvi va bojxona saqlash xizmatlarini ko‘rsatadi.
“MERVAN DEVELOPMENT” kompaniyasi bozorning barcha segmentlarida komfort sinfidagi, biznes va premium toifadagi loyihalar, shuningdek, tijorat ko‘chmas mulkini boshqarishda yagona MERVAN brendida faoliyat yuritib, butun development siklini amalga oshirmoqda.
“KEDA SUREMAKER” o‘zaro manfaatli hamkorlik konsepsiyasi va yuqori sifatli xizmati tufayli hozirda butun dunyo bo‘ylab 800 dan ortiq mijozlarga ega shu’ba kompaniyasi hisoblanadi.
“UNION Paper and Board” kompaniyasi bosma qog‘oz yetkazib berish va qog‘oz mahsulotlari ishlab chiqarishni amalga oshirayotgan kompaniyalardan biri hisoblanadi.
“QURILISH TREST” korxonasi 2020 yilda tashkil topgan. Bu korxona qurilish sohasining barcha yo‘nalishlari bo‘yicha ko‘p yillik ish tajribasiga ega bo‘lgan o‘z ishining yetuk mutaxassislari tomonidan tashkil etilgan. Hozirgi kunda korxonada 80 ga yaqin ishchi ish bilan ta’minlangan.
“ALFARUQ” jamoatchilik negizlari asosiga qurilgan ilm-u ma’rifat hamda ijtimoiy sohada ijtimoiy yordam ko‘rsatish maqsadida tashkil etilgan jamoatchilik harakatidir.
Biz yoshlarni rivojlantirish, ularni qo‘llab-quvvatlash va o‘z hayot yo‘llarini topishiga yordam beradigan har bir kompaniya va tashkilot faoliyatini qadrlaymiz.
Shu kabi kompaniya, tashkilot va homiylar safida Sizning ham bo‘lishingiz, yoshlarimizning yorqin kelajagi uchun ulkan poydevor bo‘ladi.
PDP University respublikamizning barcha iqtidorli yoshlarini qamrab olish va ularga qulaylik yaratish maqsadida viloyat markazlarida ham kirish imtihonlarini tashkil etadi. Hujjatlarni qabul qilish jarayonlari 20 avgustgacha, kirish imtihonlari esa 23-28 avgust kunlari bo‘lib o‘tadi.
Murojaat uchun:
Telegram: @PDPSupportBot
Telefon: +99878-777-47-47
Sayt: university.pdp.uz
Grantga ariza topshirish uchun: